Sport | 21:10 / 24.02.2019
8420
3 daqiqa o‘qiladi

APLda turning markaziy uchrashuvida g‘olib aniqlanmadi, «Arsenal» to‘rtinchi o‘ringa qaytdi

Angliya chempionatining 27-turida «Manchester Yunayted» va «Liverpul» o‘zaro durang o‘ynadi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

O‘yinning birinchi bo‘limi keskin kurashlar ostida o‘tdi va birinchi bo‘limdayoq «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchta majburiy o‘zgarishni amalga oshirdi, jarohat tufayli maydonni Ander Errera, Xuan Mata va Jyessi Lingard tark etishdi. «Liverpul» esa Roberto Firminodan ayrildi.

Bu durang natijadan keyin «Liverpul» ochkolari sonini 66 taga yetkazib, birinchi o‘ringa chiqib oldi, ammo Klopp shogirdlari «Manchester Siti»dan uzoqlashib ketish imkoniyatidan foydalana olishmadi, «shaharliklar» hisobida 65 ochko mavjud. «Manchester Yunayted» esa 52 ochko bilan beshinchi o‘ringa tushib qoldi.

Keyingi turda «Liverpul» «Uotford»ni qabul qiladi. «Manchester Yunayted» «Kristal Pelas» mehmoni bo‘ladi. Ikki o‘yin ham 27 fevralga belgilangan.

«Arsenal» bu turda «Sauthempton» ustidan g‘alabaga erishdi. Londondagi «Emireyts» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi ikki golni ham «Arsenal» futbolchilari o‘yin boshidayoq urishdi, 6-daqiqada Aleksandr Lyakazett Genrix Mxitaryanning pasidan keyin hisobni ochdi, 17-daqiqada uning o‘zi Mxitaryanga golli pas uzatdi.

Bu g‘alabadan keyin «Arsenal» ochkolari sonini 53taga yetkazdi va turnir jadvalida «MYu»ni quvib o‘tdi. «Sauthempton» 24 ochkosi bilan 18-o‘rinda qoldi.

APLning keyingi turida APL «Arsenal» «Bornmut» bilan kuch sinashadi, «Sauthempton» esa «Fulhem» bilan o‘ynaydi.

Angliya chempionati
27-tur
Manchester Yunayted – Liverpul 0:0

Manchester Yunayted – De Xea, Yang, Smolling, Shou, Lindelef, Pogba, Errera (Pereyra, 21), Maktomini, Mata (Lingard, 25; Sanches, 43), Reshford, Lukaku.
Liverpul – Alisson, Roberson, van Deyk, Matip, Xenderson (Shakiri, 72), Milner, Veynaldum, Fabino, Mane, Firmino (Starrij, 31), Saloh (Origi, 79).
Ogohlantirishlar: Milner (23), Yang (81), Shakiri (83), Veynaldum (90).

Arsenal – Sauthempton 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 6 Lyakazett, 2:0 – 17 Mxitaryan.
Arsenal – Leno, Lixshtayner (Koselni, 56), Kolashinats, Mustafi, Papastatopulos, Remzi (O‘zil, 63), Torreyra, Ivobi (Obameyang, 75), Mxitaryan, Djaka, Lyakazett.
Sauthempton – Gann, Targett, Bednarek, Vestergor, Valeri, Uord-Prouz, Romeu, Redmond, Xeyberg, Armstrong (Obafemi, 46; Elyunussi, 65), Stivens (Ostin, 46).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid