Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘nlab uyali telefonlarni kiyim ostida yashirincha olib o‘tishga urinish naf bermadi
Sirdaryo viloyati bojxonachilari uyali telefonlarni yurtimizga noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq bir nechta qonunbuzarlik holatlarini fosh etishdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro R.N. bojxona nazoratidan o‘tish chog‘ida bojxona xodimlariga o‘z yonida hech qanday noqonuniy buyumlari yo‘qligini ma'lum qildi. Ammo uning xatti-harakatlari xodimlar e'tiborini tortdi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida ushbu qonunbuzar egnidagi ko‘ylagi ostiga xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 12,6 million so‘mlik jami 37 dona telefonni yashirib olganligi fosh bo‘ldi.
Yana bir shunga o‘xshash holatda fuqaro M.O. ham egnidagi ko‘ylagi ostiga umumiy qiymati 7.4 million so‘mlik jami 24 dona telefonni yashirib olganligi oshkor bo‘ldi.
Fuqaro X.X. esa jami 57 dona “Samsung”, “Nokia” rusumli qimmatbaho telefonlarni kiyimlari ichiga yashirib olgan ekan. Ushbu telefonlarning umumiy qiymati 14 million so‘mni tashkil etadi.
Yuqoridagi qonunbuzarlik holatlarining fosh etilishi natijasida umumiy qiymati 34 million so‘mga teng bo‘lgan 118 ta uyali telefon ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026