O‘ziga o‘xshamas «Yuventus», 100 daqiqa davom etgan o‘yindagi gollar yomg‘iri va Italiya chempionatida turning boshqa voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 25-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
«YuVeNTUS»NING BeO‘XShOV G‘ALABASI
«Yuventus» safarda «Bolonya» bilan o‘ynadi. Turinliklar bahsni juda sust o‘tkazishdi. Jamoa himoyada ishonchli o‘ynagan bo‘lsa-da, hujumda faollik va xilma-xillikni namoyish qilolmadi. «Yuventus» Madridda Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘ziga kelolmagandek tuyuldi. «Bolonya» mehmonlarning bosimini osonlikcha bartaraf qilib turdi, o‘zi ham qarshi hujumlardan, standart vaziyatlardan foydalanishga urindi. 2-bo‘limda mezbonlar himoyachisi Mbayye hisobni ochishi shart edi. Biroq, uning juda yaqin masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvozabon Peringa to‘g‘ri kelib qoldi.
67-daqiqada «Yuventus» g‘alaba keltiruvchi golni urdi. Matyuidi chap qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Mbayye uni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘p esa to‘ppa-to‘g‘ri Dibalaga kelib tushdi va argentinalik futbolchi aniq zarba yo‘llab, uni darvozaga kiritdi.
Qolgan daqiqalarda jamoalar xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olmadilar va «Yuventus» g‘alabaga loyiq o‘ynamagan bo‘lsa-da, navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 69 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, «Bolonya» 18 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi va A Seriyada jon saqlash uchun kurashadi.
Bolonya – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
24 fevral, «Renato Dall'Ara» stadioni
Gol: 0:1 – 67 Dibala.
Bolonya – Skorupski, Mbayye, Larangeyra, Xelander, Deyks, Soriano, Pulgar (Falchinelli, 85), Poli (Donsa, 78), Edera (Orsolini, 52), Santander, Sansone.
Yuventus – Perin, De Shilo, Bonuchchi, Rugani, Aleks Sandro (Dibala, 59), Bernardeski (Kellini, 87), Bentankur, Matyuidi (Pyanich, 78), Joau Kanselu, Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Pulgar (6), Bentankur (16), Sansone (74), Joau Kanselu (90).
«NAPOLI» GOLLAR URIShNI BOShLADI
«Napoli» safarda «Parma» bilan o‘ynadi. Neapolliklar so‘nggi 4ta turda atigi 3ta gol urgan va 3 marta durangni qayd qilishgan edi. Anchelotti shogirdlari bu safar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va darvozaga 4ta to‘p kiritib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
19-daqiqada Zelinski jarima maydoniga yorib kirib, kuchli zarba bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. 36-daqiqada Milik jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. 73-daqiqda uning o‘zi himoyachining qo‘pol xatosidan foydalanib, darvozabon bilan yuzma-yuz chiqdi va uni dog‘da qoldirdi. 82-daqiqada Unas gol urib, yakuniy hisobning 4:0 bo‘lishini ta'minladi.
Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 56 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Yuventus»dan 13 ochko ortda boryapti. «Parma» qatorasiga 5ta o‘yindan beri g‘alaba qozonolmayapti va 29 ochko bilan 12-o‘ringa tushib qolgan.
Parma – Napoli 0:4 (0:2, 0:2)
24 fevral, «Ennio Tardini» stadioni
Gollar: 0:1 – 18 Zelinski, 0:2 – 36 Milik, 0:3 – 73 Milik, 0:4 – 82 Unas.
Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Galolo, Gobbi, Pepin (Siligardi, 53), Rigoni, Kutska, Biabiani (Gatssola, 83), Ingleze, Jyervino (Skyappakasse, 78).
Napoli – Meret, Malkyui, Maksimovich (Luperto, 46), Kulibali, Xyusay, Kalexon, Allan, Fabian Ruis, Zelinski (Verdi, 75), Mertens, Milik (Unas, 80).
Ogohlantirishlar: Rigoni (28), Milik (38), Galolo (85).
«INTeR» 100 DAQIQA DAVOM ETGAN O‘YINDA G‘ALABANI BOY BeRDI
«Inter» safarda «bo‘ysunmas» «Fiorentina» bilan o‘ynadi. Mezbonlar chempionat davomida atigi 5 marta yutqazganini hisobga oladigan bo‘lsak, milanliklarga oson bo‘lmasligi aniq edi.
1-daqiqadayoq «Fiorentina» hisobni ochdi. O‘ng qanotdan uyushtirilgan tezkor hujumda to‘p jarima maydoniga yetkazildi. Himoyachisi de Vrey esa uni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Biroq, «Inter» tez orada hisobni tenglashtirdi. Nainggolan oshirgan to‘pni Vesino aniq zarba bilan darvozaga kiritdi. Bo‘lim oxirida Politano uzoq masofadan zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi va «Inter»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
2-bo‘lim «Inter» hujumlari bilan boshlandi. 52-daqiqada «Fiorentina» himoyachisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun penalti belgilandi. Perishich uni golga aylantirib, hisobni jamoasi foydasiga 3:1 ko‘rinishga keltirdi. Ammo, «neradzurri» g‘alabani ushlab qolisholmadi. 74-daqiqada Muriel jarima zarbasidan chiroyli gol urgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarning o‘ninchisida (!) Veretu penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Inter» 47 ochko bilan 3-o‘rinda, «Fiorentina» esa 36 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Fiorentina – Inter 3:3 (1:2, 2:1)
24 fevral, «Artemio Franki» stadioni
Gollar: 1:0 – 1, avtogol de Vrey, 1:1 – 6 Vesino, 1:2 – 40 Politano, 1:3 – 52, penalti Perishich, 2:3 – 74 Muriel, 3:3 – 90+10, penalti Veretu.
Fiorentina – Lafon, Lorini (Dabo, 79), Chekkerini, Vitor Ugo, Biragi, Benassi (Pyatsa, 57), Veretu, Fernandesh, Keza, Simeone (Muriel, 58), Jyerson.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Dalbert (Asamoa, 62), Vesino, Brozovich, Politano (Kandreva, 77), Nainggolan (Valero, 89), Perishich, Martines.
Ogohlantirishlar: Nainggolan (57), Shkrinyar (64), Politano (71), Lafon (87), Brozovich (89), Dabo (90).
«MILAN» VA «ROMA» NAVBATDAGI G‘ALABALARNI QO‘LGA KIRITIShDI
Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beradigan 4-o‘rin uchun kurashayotgan «Milan» va «Roma» klublari bu turda ham o‘z muxlislarini xursand qilishdi. «Milan» o‘z maydonida «Empoli»ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Pyontek, Kessiye va Kastilexo hisobiga yozildi. «Roma» safarda autsayderlardan biri «Frozinone» bilan o‘ynadi va biroz «terlashiga» to‘g‘ri keldi. Rimliklar faqat so‘nggi soniyalarda Jyeko tomonidan urilgan gol evaziga 3:2 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Bu natijalardan so‘ng, «Milan» 45 ochko bilan 4-o‘rinda, «Roma» esa 44 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 6-o‘rinni egallab turgan «Torino», «Atalanta» va «Latsio» klublari hisobida 38 ochko bor.
25-TURNING BARChA NATIJALARI
22 fevral
Milan – Empoli 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 49 Pyontek, 2:0 – 51 Kessiye, 3:0 – 67 Kastilexo.
23 fevral
Torino – Atalanta 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Itsso, 2:0 – 46 Yago Falke.
Frozinone – Roma 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Chiano, 1:1 – 30 Jyeko, 1:2 – 31 Pellegrini, 2:2 – 80 Pinamonti, 2:3 – 90 Jyeko.
24 fevral
Sampdoriya – Kalyari 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66, penalti Kualyarella.
Sassuolo – SPAL 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Peluzo, 1:1 – 68, penalti Petanya.
Chetlatish: Dankan (90, Sassuolo).
Bolonya – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 67 Dibala.
Kevo – Jyenoa 0:0
Parma – Napoli 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 18 Zelinski, 0:2 – 36 Milik, 0:3 – 73 Milik, 0:4 – 82 Una.
Fiorentina – Inter 3:3 (1:2, 2:1)
Gollar: 1:0 – 1, avtogol de Vrey, 1:1 – 6 Vesino, 1:2 – 40 Politano, 1:3 – 52, penalti Perishich, 2:3 – 74 Muriel, 3:3 – 90, penalti Veretu.
Latsio – Udineze o‘yini boshqa sanaga qoldirildi
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
19 - Kshishtof Pyontek (Milan, 2), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
17 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 5)
16 - Duvan Sapata (Atalanta, 1)
14 - Arkadiush Milik (Napoli)
11 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Chiro Immobile (Latsio, 2)
10 - Andrea Petanya (SPAL, 2)
25-TURNING RAMZIY TeRMA JAMOASI
A SeRIYa 26-TUR O‘YINLARI
1 mart
Kalyari - Inter
2 mart
Empoli - Parma
Milan - Sassuolo
Latsio - Roma
3 mart
Torino - Kevo
Jyenoa - Frozinone
SPAL - Sampdoriya
Udineze - Bolonya
Atalanta - Fiorentina
Napoli - Yuventus
TUR IQTIBOSI - «YuVeNTUS» BANKLARGA 200 MILLION YeVRO QARZDOR»
«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis «Yuventus» klubining qarzlari juda katta ekani haqida gapirdi.
«Jadvalda «Yuventus»dan orqada qolyapmiz? Bir futbolchini sotib olish uchun banklardan 200 million yevro qarz olsang, bu g‘alabalardan ma'no nima? Muvaffaqiyat qozonish sari to‘g‘ri yo‘lni izlash kerak», - deb italiyalik so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» yozda Krishtianu Ronaldu transferi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Jamoa A Seriyada 2012 yildan beri shohsupani hech kimga bermay kelyapti.
PYoNTeK BIRXOFFNING 20 YIL OLDINGI ReKORDINI TAKRORLADI
«Milan» hujumchisi Kshishtof Pyontek A Seriyada o‘tkazgan dastlabki 4ta o‘yinida ham gol urdi. «Rossoneri» futbolchilari orasida so‘nggi 20 yil ichida hech kim bunday natijaga erishmagan edi.
1998 yili germaniyalik hujumchi Oliver Birxoff «Milan» tarkibida o‘tkazgan dastlabki 4ta o‘yinida ham gol urgan edi. U 2001 yilga qadar «rossoneri» sharafini himoya qilib, 91ta o‘yinda 38ta gol urgan.
Pyontek «Milan»ga yanvarda «Jyenoa» klubidan o‘tdi. Polshalik futbolchi 19ta gol urib, A Seriya to‘purarlari ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu bilan birga peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid
09:18 / 04.10.2021
A Seriya. «Milan» «Atalanta»dan ustun keldi, «Roma», «Yuventus», «Napoli»dan g‘alaba va boshqa natijalar
07:18 / 08.08.2021
Shomurodovdan debyutda gol, 7 gol urilgan o‘yinda «Roma» 4ta «qizil» oldi va yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
21:32 / 01.11.2020
A Seriya. Ronaldudan dubl, «Yuve»dan yirik g‘alaba, «Latsio»dan superkambek
09:44 / 29.05.2020