Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:29 / 25.02.2019
3965
1 daqiqa o‘qiladi
Quyi Chirchiqdagi xonadonda yong‘in: bir kishining jasadi topildi
2019 yil 24 fevral kuni Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yashovchi S.E.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in uy egalari tomonidan o‘chirilgan va shu uyda vaqtincha yashagan fuqaro N.Ya.ning jasadi topilgan.
Yong‘in N.Ya. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish