Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya rahbari rafiqasining qo‘ng‘irog‘i sababli matbuot anjumandagi nutqini to‘xtatdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Misrdagi sammit natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumandagi nutqini rafiqasining qo‘ng‘irog‘iga javob berish uchun to‘xtatdi.
“Kechirasiz, rafiqam qo‘ng‘iroq qilmoqda”, deb aytgan Yunker va qo‘ng‘iroqqa javob bergan. Zalda jurnalistlar kulgisi ko‘tarilgan.
Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahrida 24 fevraldan boshlab Arab davlatlari ligasi (ADL) va Yevropa Ittifoqining birinchi sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Yuqori darajadagi uchrashuvlarda Yevropaning 20 ga yaqin va aksariyat arab yetakchilari ishtirok etmoqda.
Yunker bilan birgalikda matbuot anjumanda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy, Yevrokengash rahbari Donald Tusk va ADL bosh kotibi Ahmad Abul G‘ayt ishtirok etgan.
Umuman olganda, Yunker katta anjumanlarda o‘zini noodatiy tutishi bilan ajralib turadi. Keksa yoshli siyosatchi 2018 yil noyabrda JAR prezidenti Siril Ramafosa bilan uchrashuv natijalariga atalgan matbuot anjumanga turli rangdagi tuflida kelgan. U shuningdek tadbirlarga mast holatda kelgan paytlar ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:47 / 17.01.2026
O‘zbekistonliklarning Misrga sayohati keskin ko‘paydi: 60,9 ming nafar
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
15:34 / 17.12.2025