Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avto ishlab chiqaruvchilar ham QQS to‘lovchisi bo‘ladi – Dilshod Sultonov
2020 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘ladi. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov ma'lum qildi.
«Avtosanoat, deyarli, tayyor. 2020 yil 1 yanvardan boshlab, balki undan ham avval, ular QQS to‘lovchisiga aylanadi», – deb fikr bildirgan Sultonov.
Shunday qilib, GM Uzbekistan va unga ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar ham soliq imtiyozlaridan mahrum etilmoqda. 2008 yildan buyon kompaniya yengil avtomobil ishlab chiqarishda barcha soliqlar, O‘zbekiston yo‘l fondi majburiy to‘lovlaridan ozod etilgandi. Shu paytgacha, zavod QQS to‘lovidan ozod etilgandi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida QQS to‘lovchilarining safi ortib borayotganini bildirgandi. Uning aytishicha, qishloq xo‘jaligi vakillari ham yangi soliq siyosati bo‘yicha QQS to‘lovchisiga aylanishi mumkin. Bu fikrni, avvalroq, Dilshod Sultonov ham tasdiqlagan.
Mavzuga oid
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
16:08 / 24.05.2025