Sug‘oriladigan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga qarshi chora ko‘rmagan yer egasi ham jazoga tortiladi
So‘nggi yillarda ekin, shu jumladan qishloq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan yer maydonlarini hisobdan chiqarish holatlari o‘sishi kuzatilayotganini ko‘rsatdi, deb hisoblamoqda senator Turg‘un Iskandarov.
Oliy Majlis Senatining XVIII yalpi majlisi kun tartibiga qo‘yilgan qonunga munosabat bildirgan senatorning aytishicha, yuqorida ta'kidlangan o‘sishning asosiy sabablari yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan o‘zboshimchalik va beparvolikka yo‘l qo‘yib kelayotganligidir.
«Bunday qonun buzilishi holatlari asosan yer maydonlari, shu jumladan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilishlarga nisbatan egalik huquqini berish shaklida yo‘l qo‘yilmoqda. Achinarlisi, bu kabi qonun buzilishi holatlari yuzasidan biror-bir shaxsning javobgarlik masalasi hal etilmasdan qolayotganidir», – deydi senator.
Ta'kidlanishicha, faqat yer maydonlarini sotib, pora olganligi holati bo‘yicha mansabdor shaxslarning Jinoyat kodeksi 210-moddasi va mansabdor bo‘lmagan shaxslarning esa, Jinoyat kodeksi 168-moddasi bilan jinoiy javobgarlik masalasi hal etilgan.
Iskandarovning aytishicha, qonunchilikdagi ushbu bo‘shliqdan aksariyat holatlarda fermer xo‘jaliklari rahbarlari foydalanib, fuqarolar bilan til biriktirgan holda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari kuzatilmoqda.
Prokuratura organlari tomonidan 2018 yilda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 837 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan 331,1 gektar yer maydonlari egallab olinganligi aniqlangan bo‘lsa-da, bunga yo‘l qo‘ygan doimiy va ijara asosida yerlardan foydalanuvchi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat qonunchiligida javobgarlik belgilanmaganligi sababli ularning qilmishlari jazosiz qolgan.
«Shu bois soha mutaxassislari, keng jamoatchilik fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan «Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 8 moddadan iborat qonun amaldagi O‘zbekiston Respublikasining 6 ta kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutadi», – deydi senator o‘z nutqida.
Amaldagi Jinoyat kodeksi 197-moddasida shu holat o‘z ifodasini topgan bo‘lib, bu modda «Yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish» deb nomlanadi. Unga ko‘ra, yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talabalarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Endilikda esa Jinoyat kodeksi yerdan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yanada aniq aks etgan yangi 197-1-modda bilan to‘ldirilmoqda.
«Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik» deb nomlangan mazkur moddaga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rmaslik, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Senatorning ta'kidlashicha, mazkur normada aynan sug‘oriladigan yer nazarda tutilmoqda. Chunki bunday yerlar nafaqat foydali, balki ayrim shaxslarning ulardan o‘z manfaati uchun foydalanish obekti hamdir. Yangi norma esa sug‘oriladigan yerlarni muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Mazkur moddada, albatta, qilmishni yengillashtiruvchi holatlar ham nazarda tutilgan. Ya'ni, jinoyatni birinchi marotaba sodir qilgan shaxs, agar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta'minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. Dembelening goli "PSJ"ga "Arsenal" ustidan g‘alaba keltirdi
Sport | 03:25
-
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp
Jahon | 01:02
-
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
Jahon | 00:31
-
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi
Jahon | 23:49 / 29.04.2025
Mavzuga oid

20:59 / 29.04.2025
O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

20:36 / 15.04.2025