Suhbat davomida Goldberg Trampdan nega u avvalgi prezidentlardan farqli ravişda Rossiya tomonidan «zulmga» uçragan davlatlar va xalqlarga hamdardlik bildirmayotganini söradi.
Bunga javoban Tramp özining birinçi prezidentlik muddati davomida Ukrainaga tankka qarşi Javelin tizimlarini berganini eslatdi. Uning fikriça, bu qurol bölmaganida, Rossiya qöşinlari 2022 yilgi hujum boşida Kiyevga kirib borgan va «uruş bir kunda tugagan bölardi».
«Bu mamlakatni qutqaryapman, deb öylayman. Menimça, uşbu mamlakat juda tez mağlub böladi. Keling, haqiqatga yuzlanaylik — bu katta harbiy maşina (aftidan, u Rossiyani nazarda tutmoqda). Menimça, Ukrainaga katta yordam körsatyapman», — deydi Tramp.
Goldberg Trampdan Rossiya prezidentining qanday xatti-harakati uni «Men Zelenskiy tomonidaman» deyişga majbur qila olişi mumkinligini, deb söradi. «Aynan Zelenskiy tarafida emas, lekin Ukraina tarafidaman, ha. Men Zelenskiy bilan qiyinçiliklarga duç keldim. Siz buni şu yerda, u aynan uşbu kresloda ötirganida kördingiz [fevral oyi oxirida Oq uyda Ukraina yetakçisi bilan bölgan tortişuv]. U qilişi kerak bölgan yagona narsa sukut saqlaş edi, tuşunyapsizmi?..», — deydi AQŞ prezidenti uşbu savolga javoban.
Şuningdek, u uruş boşlanişi uçun mas’uliyatni yana özidan oldingi prezident Jo Baydenga yukladi. «Köramiz, kelasi haftalarda nimalar sodir bölarkin. Biz sönggi bosqiçga yetib keldik», — deydi u jangovar harakatlar qaçon töxtatilişi haqida gapirarkan.
AQŞ fevral örtalaridan beri Rossiya va Ukraina bilan uruşni tugatiş böyiça alohida-alohida muzokaralar olib bormoqda. Hozirça Vaşington öt oçişni töliq töxtatişga erişa olmadi.
AQŞ taqdim etgan tinçlik rejasida Vaşington Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olişi ham közda tutilgan. Ukraina prezidenti esa öz navbatida huquqiy jihatdan heç qaçon Qrimni Rossiyaniki deya tan olmasligi bildirdi.













