Trampning sözlariga köra, Volodimir Zelenskiy bilan Vatikandagi suhbat yaxşi ötgan. U Ukraina prezidenti Qrim ustidan nazoratni berişga tayyormi, degan savolga tasdiq ma’nosida javob qaytardi.

Tramp Nyu Jyersida jurnalistlar oldida çiqiş qilarkan, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari davom etayotganidan hafsalasi pir bölganini aytdi. «Men u [Putin] otişni töxtatib, stolga ötirişi va kelişuvni imzolaşini istayman, – dedi AQŞ prezidenti. – Men bizda bitim tuziş uçun şartlar bor deb hisoblayman va uning imzo çekişini, buni tugatişini, şunçaki [normal] hayotga qaytişini istayman».

Tramp şanba kuni ham Vladimir Putinni tanqid qilib, Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya prezidentida «sönggi bir neça kun içida tinç aholi yaşovçi hududlar, şaharlar va aholi punktlariga raketa uçiriş uçun heç qanday sababi yöqligi»ni ta’kidladi.

«Bu meni u uruşni töxtatişni istamayotgan bölişi mumkin, şunçaki meni laqillatyapti va unga „bank sohasidagi“ yoki „ikkilamçi sanksiyalar“ orqali boşqaça munosabatda böliş kerak, deb öylaşga majbur qiladi», – deb yozdi u.

Tramp Vatikandan qaytganidan söng yana yangi izohlar berdi, u yerda şanba kuni Rim papasining dafn marosimi oldidan Volodimir Zelenskiy bilan qisqa uçraşuv ötkazgandi.

Trampning sözlariga köra, uning Ukraina prezidenti bilan yakkama-yakka suhbati «yaxşi» keçgan, Qrim masalasi esa «juda qisqaça» muhokama qilingan.

«Öylaymanki, uçraşuv yaxşi ötdi. Yaqin kunlarda nima bölişini köramiz. Ehtimol, biz köp narsalarni bilib olarmiz. Men Rossiya tomondan raketalar uçganidan juda xafa böldim», – dedi Amerika prezidenti jurnalistlarga samolyot trapida.

U Zelenskiy tinçlik kelişuviga erişişdan manfaatdor deb hisoblaşini qöşimça qilgan.

«Men uni xotirjamroq kördim. Öylaymanki, u vaziyatni tuşunadi va menimça, u kelişuv tuzişni xohlaydi», – deya uning sözlarini keltiradi Reuters, Trampning sözlarini fevral oyida Zelenskiy bilan Oq uyda bölib ötgan şov-şuvli uçraşuvga işora deb atab.

«[Zelenskiy] menga köproq qurol kerakligini aytdi, lekin uç yildan beri unga köproq qurol kerakligini aytib keladi. Köramiz, bundan nima çiqarkan», – dedi AQŞ prezidenti jurnalistlar bilan suhbatda.

Zelenskiy Qrim ustidan nazoratni qöldan berişga tayyormi, degan savolga Tramp şunday javob berdi: «Men şunday deb öylayman».

Zelenskiyning özi esa heç qaçon omma qarşisida bunday bayonot bermagan, aksinça, bunday taklifni qat’iyan rad etgan.

«Bu [Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinişi] 11 yoki 12 yil oldingi gap. Bu ança oldin bölgandi. […] Bu haqda 12 yildan buyon heç kim yozmagan. Balki [Barak] Obamadan söraşimiz kerakdir», – degan jurnalistlarga Tramp.

Avvalroq OAV Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim masalasi Kiyevning «Trampning tinçlik rejasi»ga asosiy e’tiroziga aylangani haqida xabar bergandi. Tramp şu hafta Time jurnaliga bergan intervyusida ham «Qrim Rossiya bilan qolişi»ni aytgandi.

Ukraina bir neça bor har qanday hududiy yon berişdan boş tortgan va hududlar masalasi öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilgandan keyingina muhokama qilinişi kerakligini ta’kidlagan.

Zelenskiy va Putin hozirça Trampning sönggi izohlariga munosabat bildirmadi.

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yakşanba kuni Ukrainani öt oçişni töxtatiş evaziga katta hududlarini topşirişni nazarda tutuvçi kelişuvga rozi bölmaslikka çaqirdi. «Kiyev Amerika prezidentining sönggi taklifi darajasigaça bormasligi kerak. Bu «kapitulyatsiya» bilan barobar böladi», – deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi Germaniyaning ARD  teleradiokompaniyasi.

Ötgan hafta Tramp «[bitimning] asosiy bandlarining aksariyati kelişilgani»ni aytdi, OAV esa Ukrainaga Rossiya tomonidan bosib olingan hududlardan, jumladan, Qrimdan voz keçiş taklif qilinişi mumkinligi haqida yozdi.

Juma kuni Reuters agentligi öz ixtiyoriga Parijda yevropalik siyosatçilar bilan muzokaralarda taqdim etilgan AQŞ takliflari kelib tuşgani haqida xabar berdi. Ular Qöşma Ştatlar tomonidan Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinişini qonuniy tan oliş va Ukrainaning boşqa bosib olingan hududlari, jumladan, butun Luhansk oblasti ustidan Rossiya nazoratini amalda tan olişni öz içiga oladi.

Boşqa ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Amerika rejasi Ukrainaning NATOga a’zoligini istisno qiladi va Buyuk Britaniya va Fransiya boşçiligidagi «köngillilar koalitsiyasi» öt oçişni töxtatiş kuçga kirgandan söng, AQŞ iştirokisiz xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişini nazarda tutadi. Yevropa davlatlari, öz navbatida, AQŞdan hujum bölgan taqdirda Ukrainaga yordam beriş majburiyati körinişidagi «işonçli» kafolatlar berilişini xohlamoqda.

Xabar qilişlariça, AQŞ hozirda Rossiya tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasini ham öz nazoratiga olişni taklif qilmoqda, u keyinçalik ham Rossiya, ham Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib beradi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov avvalroq CBS telekanalining «Face the Nation» («Millatga yuzma-yuz») dasturiga yozib olingan intervyusida Zaporijjya AESni topşiriş varianti istisno qilinganini aytdi. Uning sözlariga köra, Vaşington Moskvaga bunday taklif haqida xabar bermagan.

Öşa intervyusida Lavrov Rossiya Ukraina harbiylari foydalanayotgan obektlarga zarba berişda davom etişini aytdi. Lavrovdan ötgan hafta Rossiyaning Kiyevga bergan zarbasi oqibatida 12 kişi halok bölgani haqida söraşganida, u «hujumga uçragan nişon umuman fuqarolik obekti bölmagani»ni aytdi.

Yakşanba kuni AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Rossiya va Ukrainani tinçlik bitimi tuzişga tezroq harakat qilişga çaqirdi.

«Bu tez orada röy berişi kerak. Agar natija bölmasa, biz bunga vaqt va resurslarni sarflay olmaymiz. Bu hafta juda muhim böladi, uning davomida biz uşbu taşabbusda iştirok etişni davom ettirişni xohlaşimiz yoki e’tiborni boşqa masalalarga qaratişimiz kerakligi xususida bir qarorga kelişimiz kerak böladi», – dedi AQŞ Davlat departamenti rahbari yakşanba kuni Amerikaning NBC telekompaniyasining «Meet the Press» dasturiga bergan intervyusida. 

Rubio bungaça ham bir neça marta agar muzokaralarda natijaga erişilmasa, AQŞ Ukrainada tinçlik örnatişga bölgan urinişlarini töxtatişi bilan tahdid qilgandi. Davlat kotibi ortidan Tramp ham şu mazmunda çiqişlar qilib, yaqin vaqtlar içida muzokaralar jarayonida özgarişlar bölişini talab qilgandi.

Öz navbatida, Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uols AQŞ prezidenti Putindan ham, Zelenskiydan ham «hafsalasi pir bölganini bildirgani», biroq kelişuv böyiça muzokaralarda yordam berişga qat’iy qaror qilganini aytdi, deb yozadi Reuters. AQŞ Senatidagi demokratik ozçilik yetakçisi Çak Şumer esa yakşanba kuni Tramp «Putinga yon berişi»dan xavotirda ekanini ma’lum qildi.