Jahon | 23:14 / 02.03.2019
9675
2 daqiqa o‘qiladi

Jazoir prezidenti og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi 

Foto: ITAR-TASS/EPA/MOHAMED MESSARA

Jazoir prezidenti Abdulaziz Butafliqa Jyenevadagi shifoxonaga og‘ir ahvolda yotqizildi. Bu haqda Al Mayadin nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, 82 yoshli Butafliqa har doim ko‘rikdan o‘tadigan shifoxonaga emas, balki Jyenevaning Universitet klinikasiga yotqizilgan. Ma'lum qilinishicha, prezident sun'iy koma holatiga tushirilib, unga qarayotgan shifokorlar uning o‘z majburiyatlariga qayta olmasligini aytishmoqda.

Rasman bu ma'lumot tasdiqlanmagan. Shunisi ma'lumki, shifoxona atrofi qo‘riqlanishi kuchaytirilgan.  

Butafliqa uning beshinchi prezidentlik muddatiga nomzodi ilgari surilishiga qarshi Jazoirda o‘tayotgan ommaviy namoyishlar vaqtida shifoxonaga yotqizildi. 1 mart kuni Jazoir poytaxti Jazoirda o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqib, prezident saroyigacha borishgan. Odamlar korrupsiyaga qarshi shiorlarni hayqirishgan va siyosiy islohotlarni talab qilishgan.

Namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llangan. To‘qnashuvlar oqibatida 10 kishi yaralangan va 45 kishi hibsga olingan.

Ta'kidlanishicha, mamlakatning yana bir nechta shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid