Samarqandda nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga reablitatsiya texnik vositalari topshirildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda, keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu ishlardan biri 28 fevral kuni Samarqand shahar hokimligi tomonidan Yoshlar markazida tashkillashtirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Samarqand shahar hokimi va o‘rinbosarlari, bo‘lim va boshqarmalari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan, hokimlik tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda 250 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘llab-quvvatlandi.
Tadbirda kattalar nogironlik aravachasidan tortib bolalar oyoqlanishi uchun zarur bo‘lgan moslamagacha umumiy soni 250 ga yaqin moslamalar o‘z egalariga topshiriladi. Kattalar va bolalar nogironlik aravachalari, shuningdek, qo‘ltiqtayoqlar, eshitish moslamalari, hassalar va ko‘zi ojizlar hassasi, 3 ta bolalar oyoqlanishi uchun maxsus moslama (xodunok) — jami jihozlar uchun shahar hokimligi tomonidan qariyb 200 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki yil davomida shahar hokimligi tomonidan 25 nafar nogiron, yakka yolg‘iz keksalar va kam ta'minlangan insonlarning xonadonlari ta'mirdan chiqarildi. 47 nafar nogiron va kam ta'minlanganlar bepul uy joy bilan ta'minlandi. Nogironlarga dori-darmonlar, nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari, hassa va boshqa reabilitatsiya moslamalari muntazam ravishda tarqatilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024