Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Olimpiada vaqtida mehmonxonalar tanqisligi muammosining antiqa yechimini taklif qildi
Yaponiya 2020 yilgi Olimpiada vaqtida mehmonxona xonalari tanqisligi muammosini hal qilishning antiqa yo‘lini taklif qildi.
Tokioda o‘tadigan o‘yinlar butun dunyodan 10 mlnga yaqin sayyohni jalb qiladi. Shu sababli Yaponiya poytaxti oldida bunday ko‘p miqdordagi sayyohlarni joylashtirish muammosi vujudga keldi: mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 14 mingta xona yetishmaydi.
Bu muammoni hal qilish uchun sayyohlarga suv ustidagi mehmonxonalarda to‘xtash taklif qilinmoqchi. Bu vazifani Tokio ko‘rfazida turuvchi kruiz laynerlari o‘z zimmasiga oladi.
Yaponiya sayohatlar byurosi turagentliklarga paketlar sotishni boshladi va bozorning bu taklifga munosabati ijobiy bo‘lgan. Sayyohlik kompaniyalari sayyohlardan ko‘plab murojaatlar olmoqda, chunki bunday mehmonxonalarda turish odatdagilaridan farq qiladi. Ko‘pchilikka Olimpiadaga tashrif vaqtida kruizda bo‘lish tajribasiga ega bo‘lish g‘oyasi ma'qul kelgan.
Xususan, Tokiodan yarim soatlik uzoqlikda joylashgan Yokogamada Sun Princess kruiz laynerida joylashish taklif qilinadi. O‘yinlar vaqtida bu layner 1011 mehmonni qabul qilishi mumkin. Unda bir kecha turish narxi 270 dollardan boshlanadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026