Anor meva körinişida, şarbat hamda kompotlar tarkibida iste'mol qilinadi. Pösti va pardevorlaridan damlama tayyorlab içiş foydali. Donlarini ham butunligiça yeb yuboriş yoki turli  issiq va sovuq taomlarni tayyorlaşda qöllaş mumkin.

Foto: Pixabay

Anor kam kaloriyali mahsulot, şuning uçun u parhezga amal qiluvçi va tanasining holatiga e'tibor beruvçilar uçun ideal darajada mos keladi. Quvvat darajasi kamligiga qaramay (100 gramm mahsulotda bor-yöği 55 kkal), meva vitaminlarga boy va inson salomatligi uçun katta foydaga ega.

Tarkibi

Yorqin va sersuv meva S, R vitaminlariga boy. Şuningdek uning tarkibida V guruhi vitaminlari V6 va V12 hamda kaliy, kalsiy, fosfor va temir minerallari ham bor. Vitaminlarning bunday birikmasi asab tizimi uçun foydali.

Anor tarkibida dezinfeksiya ta'sirini körsatuvçi moddalar bölib, u içak buzilişlari, iç ketişiga qarşi kuraşişda yordam beradi.

Anor yoşlik mevasi deb ataladi. Bu uning tarkibidagi antioksidantlar miqdorining köpligi bilan boğliq. Uşbu moddalar organizmdagi oksidlaniş jarayonlarini sekinlaştiradi, boşqaça qilib aytganda, qariş jarayonini tormozlaydi. Qiziqarli fakt: kök çoy anor mevalari bilan taqqoslanganda kamroq antioksidantlarga ega.

Davolaş xususiyatlari

Anor mevalaridan odamni tinçlantirib, asabiy zöriqişning oladigan çoyni tayyorlaş mumkin. Buning uçun pişgan mevaning pöstloği va pardevorlarini quritiş lozim. Undan keyin esa çoy yoki boşqa içimlikka maydalangan quruq anordan biroz qöşiş mumkin.