O‘zbekistonda o‘rtacha oylik maosh qanday hisoblanadi?

Yevropa Ittifoqi statistika xizmati, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti 2017 yil yakunlariga asoslangan ma'lumotlariga ko‘ra, turli davlatlardagi o‘rtacha maoshlar miqdori bo‘yicha reyting tuzib chiqilgandi.
157 ta davlat ishtirok etgan ro‘yxatda O‘zbekiston 118 o‘rinni egalladi va mamlakatda o‘rtacha maosh miqdori 235 dollarga teng, deya e'tirof etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil yakunlari hisoboti bo‘yicha esa ushbu raqam, deyarli o‘zgarmasdan, 1 mln. 800 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Ko‘pchilikni esa ushbu summa qay tartibda hisoblanishi qiziqtiradi. Budjet tashkilotlarida mehnat qiluvchi xodimlarning o‘rtacha oylik maoshlari miqdori qaysi mezonlarga asoslanib chiqariladi? Mutaxassislar bu haqida batafsil ma'lumot berishdi.
Davlat statistika qo‘mitasi demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Begzod Shodiyevning xabar qilishicha, o‘rtacha oylik maoshi juda oddiy hisoblanadi, ya'ni korxona-tashkilotlardagi umumiy oylik ish haqiga ajratilgan mablag‘ ishchilar soniga bo‘linadi va natija kelib chiqadi.
«Davlat statistika qo‘mitasiga butun respublikadagi yuridik (yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'yektlari emas) tashkilotlarning hisobotlari taqdim etiladi. Katta korxona va tashkilotlar har chorakda, kichik sub'yektlar esa yilda bir marta hisobot taqdim etishadi va ularni jamlab yagona baza tuziladi. Shunga asosan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori chiqariladi», — deya ta'kidladi u.
Iqtisod fanlari nomzodi Hayitmurod Xo‘jaqulov ham o‘rtacha oylik maoshni hisoblashda yuqoridagi an'anaviy usuldan foydalanilishi to‘g‘risida ma'lumot berdi va boshqa muqobil variantlarni ham keltirib o‘tdi.
«Ma'lum korxonada hamma ishchilar ham bir xil maosh olmaydi. O‘rtacha natija qanday hisoblanadi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Misol uchun, tashkilotda 200 nafar xodim mehnat qiladi. Ularning 50 nafari 2 mln. so‘m, 10 nafari 2.5 mln. so‘m, 100 nafari 2.8 mln. so‘m, qolgan 40 nafari esa 3 mln. so‘mdan oylik maosh olishadi. Keltirilgan maoshlarni xodimlar soniga ko‘paytiramiz. Chiqqan natijalarni qo‘shib chiqamiz va uni umumiy xodimlar soniga bo‘lamiz», — deya qo‘shimcha qildi Xo‘jaqulov.
Shodiyev aytishicha, eng katta va eng kichik oylik maoshi degan tushuncha yo‘q va unga nisbiy tushuncha, deb qarash lozim.
«Davlat statistika qo‘mitasi ish haqlari biri ikkinchisiga nisbatan past-baland, deya xabar beradi. Masalan, OAVda ta'lim va tibbiyot sohasidagilar eng kam oylik olishlari haqidagi xabarlar noto‘g‘ri talqin qilingandi. Ushbu sohadagi ayrim xodimlar eng yuqori oylik maosh oluvchi bank xodimlaridan ham yuqori ish haqi olishlari mumkin», — deydi u.
Odamlar nega statistik ma'lumotlarga shubha bilan qarashadi? Munosabatni o‘zgartirish mumkinmi?
Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti xodimi Jamila Avliyokulovaning ta'kidlashicha, odamlarning statistik ma'lumotlarga shubha bilan qarashiga tabiiy holat sifati qabul qilish kerak.
«Negaki hamma ham raqamlarning mohiyatini anglab yetolmaydi. Vaziyatni yaxshilash yo‘llari yo‘q emas. Televideniyeda peak time vaqtida jamiyatning turli sohalari bo‘yicha statistik ma'lumotlar taqdim etib borilishi kerak.
Infografikalar ko‘rinishida va sodda tilda uzatilgan axborot tez hazm qilinadi. Statistik ko‘rsatkichlarni xalqqa qanday qilib yetkazish bo‘yicha maxsus mexanizm bo‘lishi kerak. Shundagina raqamlarning ishonchlilik darajasi oshadi», — deydi u.
Muhabbat Ma'mirova
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi
O‘zbekiston | 13:33
-
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Jahon | 13:32
-
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi
Jahon | 13:29
Mavzuga oid

20:28 / 10.05.2022
Budjet tashkilotlari xodimlarining oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar SMS-xabarnoma ko‘rinishida yuboriladi

12:29 / 07.03.2022
Andijon viloyatida o‘qituvchilar maoshi kechikmoqda, bu birinchisi emas

13:42 / 27.11.2021
Hokim 1,5 mln so‘m oylik haqida gapirdi: odamlar nima deydi?

16:04 / 19.10.2021