Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi va "Buyuk kelajak" o‘rtasida memorandum imzolandi
5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda "Buyuk kelajak" XNNT o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat Energetika vaziri Alisher Sultonov va "Buyuk kelajak" XNNT ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Zuhra Azimova tomonidan imzolandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Tomonlar hamkorlik doirasida qo‘shma ekspert guruhini tuzishga, mamlakatning energetika sohasini qayta isloh qilishga va uning intensiv rivojlanishiga ta'sir ko‘rsata olishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qilish va taklif qilishga kelishib olishdi.
Memorandumga muvofiq, tomonlar xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda, O‘zbekiston energetika sektorini intensiv rivojantirishni rejalashtirishmoqda. Mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksi ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish, elektroenergiya va neft-gaz sohasini isloh qilish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab qayta tiklanuvchi energiya manbalari va infratuzilma obektlarini qurish kabilar shular jumlasidandir.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar ta'lim seminarlarini tashkillashtirishi, muzokaralar o‘tkazish uchun yetakchi mutaxassislarni jalb qilishi, loyihalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishi bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:31 / 25.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
15:08 / 21.06.2026
Bo‘rijar kanalida qurilgan mikro GESlar nega ishlamayapti?
09:45 / 17.03.2026