Kun.uz'ga Toşkent şahri Börijar kanalida davlat mablağlari hisobidan qurilgan mikro GES işlamay yotgani haqida murojaat kelib tuşdi.

Bu mikro GES qurilişi boşlanganiga bir yildan oşgan bölsa ham, haligaça foydalanişga topşirilmagan va elektr energiyasi işlab çiqarmayapti.

Loyiha menejeri Uluğbek Yoqubov 2025 yil iyun oyi boşida “Özbekiston-24” telekanaliga bergan intervyusida Börijar kanali yoqasiga 57 kW, Bözsuv kanali yoqasiga 105 kW quvvatli mikro GESlar örnatilayotganini aytgan.

“Jami 162 kWli elektr stansiyalarimiz yiliga 1 mln kWhʼdan ortiq elektr energiyasi işlab çiqariladi. Börijar kanalida 57 kWhʼli mikro GESlar [qurilişi]ni yakunlaşimiz uçun 2 oy talab qilinadi”, – degan Yoqubov.

Vazirlik: Birinçi stansiya “yaqin vaqt içida” foydalanişga topşiriladi

Mazkur loyiha – respublika böylab umumiy quvvati 164 MW bölgan 3 mingga yaqin mikro GESlar quriş dasturining bir qismi. Bu dasturga köra, davlat va xususiy sektor tomonidan yuzlab istiqbolli nuqtalarda mikro GESlar quriladi. Davlat qurgan stansiyalar foydalanişga topşirilganidan keyin “tayyor biznes” şaklida xususiy sektorga sotiladi.

Energetika vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Toşkentdagi Börijar kanalida 35 va 22 kW quvvatli ikkita mikro GES (ikkisining umumiy quvvati yuqorida aytilganidek 57 kW) qurilişi közda tutilgan. Şundan:

  • 35 kWli birinçi stansiya qurilişi yakunlangan va hozirda test rejimida işlamoqda. Stansiya yaqin vaqt içida foydalanişga topşiriladi.
  • 22 kWli ikkinçi stansiya uçun esa uskunalar xarid qilingan va quriliş işlari boşlaniş arafasida.

Vazirlikka köra, Toşkent şahridagi Bözsuv va Börijar kanallarida jami beşta mikro GES qurilişi rejalaştirilgan. Turkiya, Xitoy va boşqa xorijiy işlab çiqaruvçilarning texnologiyalari asosidagi 15, 22, 35 va 75 kW quvvatli mini stansiyalar şular jumlasidan.

Börijardagi GESlarni kim quryapti?