Sharpshooter xavfli zararli operatsiyasi Lazarus guruhidan bölgan şimoliy koreyalik xakerlarning kiberkampaniyasi hisoblanadi. McAfee kompaniyasi tadqiqotçilari şunday xulosaga kelişdi, deb xabar qilmoqda BleepingComputer.

Zararlangan fayllar va serverlarning tahlili şuni körsatdiki, operatsiya avval taxmin qilinganidan ham kengroq miqyosda va ança murakkab bölgan.

Mutaxassislarning sözlariga köra, hujum strategiyasi va uning usullari Lazarus bilan aloqa haqida körsatadi. Hujum uçun işlatilgan bekdorning uçta varianti Duuzer troyani asosida yaratilgan. Uning muallifligi şimoliy koreyalik xakerlarga tegişli.

Şuningdek, Duuzer kodi asosida Rising Sun («kötarilayotgan quyoş») zararli dasturi yozilgan, u Sharpshooter kampaniyasining asosiy vositasi hisoblanadi.

Moliya, mudofaa va yadroviy infratuzilmaga qarşi qaratilgan Sharpshooter josuslik hujumi haqida 2018 yil oxirida ma'lum böldi. Öşanda McAfee xodimlari dastur kodida öxşaşliklarni payqaşdi, biroq noma'lum xakerlar şu tarzda özini Lazarus a'zolariga öxşatib mutaxassislarni yolğon izdan borişga majburlamoqçi, deb taxmin qilişdi.

Avvalroq, mutaxassislar hujum 2018 yil oktyabrida boşlanganini taxmin etişgandi. Ammo, buzilgan serverlarda topilgan izlarning körsatişiça, xakerlar 2017 yilning kuzidayoq faollaşgan.