Abdulaziz Komilov Estoniyaning yangi elchisini qabul qildi
2019 yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Estoniya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Riga shahrida) etib tayinlangan Arti Xilpusni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilib, vazir elchini ushbu tayinlov munosabati bilan samimiy qutlagan va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatiga samaradorlik va muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini beruvchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlangan.
Elchi Arti Xilpus qator vazirliklar va idoralarda o‘tkazilgan uchrashuvlar natijalari hamda ushbu uchrashuvlarda O‘zbekiston - Estoniya munosabatlarini mustahkamlashning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqilganligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Suhbat yakunida elchi mazkur lavozimga tayinlanganini mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qilish yo‘lida qabul qilganligini bildirdi va buning uchun o‘zining bor tajribasidan foydalanishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
21:41 / 08.11.2024
Kiyevga hujum vaqtida Rossiya droni Estoniya elchisi yashaydigan uyga kelib urildi
23:37 / 17.10.2024
Estoniya qrimtatarlarning deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
23:57 / 13.09.2024
Estoniya Rail Baltic loyihasini moliyalashtirishga 200 mln yevro yo‘naltiradi
19:07 / 13.09.2024