Jahon | 20:30
958
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi

Ukraina ushbu holat uchun Estoniyadan uzr so‘radi va mojaroda Rossiyani aybladi.

Foto: TASS/AP/Evgeniy Maloletka

19 may kuni ertalab Ukraina droni Estoniya osmonida urib tushirildi. Bu keng ko‘lamli Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri birinchi marta yuz berdi. Dronni Boltiq dengizi havo hududini patrul qilish bo‘yicha NATO missiyasida ishtirok etgan Ruminiya F-16 qiruvchi samolyotlari urib tushirdi.

Ukraina ushbu holat uchun Estoniyadan uzr so‘radi. Tegishli postni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

Tixiy hodisa uchun mas’uliyatni Rossiyaga yuklab, rus harbiylari «Ukraina dronlarini Boltiqbo‘yi mamlakatlariga yo‘naltirishda davom etayotganini, buning uchun radioelektron kurash vositalaridan foydalanayotganini» aytdi.

«Moskva buni ataylab qilmoqda - targ‘ibot kampaniyasini kuchaytirish bilan bir qatorda», deb yozdi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Tixiy, shuningdek, Boltiqbo‘yi davlatlari va Finlyandiya hech qachon Ukraina dronlarining o‘z hududi ustidan uchishiga ruxsat bermaganini va Ukraina ularga bunday iltimos bilan «hech qachon murojaat qilmaganini» ta’kidladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid