Jamiyat | 18:44 / 06.03.2019
31176
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

AKFA Medline: Haqiqiy qahramonlar oramizda yashaydi, ularning ayrimlari esa bizda ishlaydi

Evaziga hech narsa talab qilmay, ezgulik qilib va yaqinlarimizga muruvvat ko‘rsatib, bu dunyoni biz ozgina bo‘lsa ham yaxshiroq qilmoqdamiz deb o‘ylaymiz.

Yaqin kunlarda, bizning tibbiy markazimiz shifokorlari kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga ikkita tekin xayriya operatsiyasini amalga oshirib, bunga muhtoj bo‘lganlarga muruvvat ko‘rsatishdi. 

Buxoro shahri Viloyat ko‘ptarmoqli bolalar kasalxonasi bilan hamkorlikda, AKFA Medline`ning tajribali kardiojarroh, reanimatolog kabi mutaxassislar jamoasi biri uch, biri yetti yoshli ikkita qizchani muvafaqqiyatli operatsiya qildilar.

15 ta kam ta'minlangan oilalar ichidan to‘rtta bola tanlandi. Ularning ikki nafariga – II va III darajali tug‘ma yurak nuqsonlari va o‘pka gipertenziyasi mavjud bo‘lganlariga ochiq arterial tomirini tikish yo‘li bilan bog‘lash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazildi.

Jarrohlik aralashuvi muvafaqqiyatli o‘tishi uchun bizning mutaxassislar barcha imkoniyatlarini ishga solishdi. Endi qizchalar barcha sog‘lom bolalar kabi quvonishlari, kulishlari va faol hayot tarzini olib borishlari mumkin.

Mazkur hodisa katta qiziqish uyg‘otib, OAVlarning mahalliy kanallarida keng yoritilgan edi.

AKFA Medline matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid