Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ilk chaqiriluvchilar Milliy gvardiya va chegara qo‘shinlari safiga xizmatga yo‘l olishdi - foto
Samarqand viloyat mudofaa ishlari boshqarmasida Samarqand viloyatidan joriy yilda askarlikka otlanayotgan ilk chaqiriluvchilarni kuzatish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.


Milliy gvardiya va chegara qo‘shinlari uchun sentabr oyidan buyon saralab olingan yangi askarlarni kuzatish marosimida askarlarning ota-onalari oldida viloyat rahbarlari so‘zga chiqishib, ularga oq yo‘l tilashdi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirish yo‘lida bajarilgan ishlar sanab o‘tildi.







Askarlardan birining onasi ham so‘zga chiqib, yaratilgan sharoitlar, o‘tkazilgan saralashlar qanday o‘tgani, o‘g‘li xizmat o‘tashga qanday tayyorlangani haqida hikoya qilib berdi. So‘zga chiqqan askarlardan biri esa Vatan sarhadlarini qo‘riqlashga sidqidildan kirishishga va'da berdi.


Xizmatga jo‘nab ketayotgan askarlarga esdalik sovg‘alari, kitoblar taqdim etildi. Ularga ota-onalari va yaqinlari bilan xayrlashib olish uchun fursat berildi.



Mavzuga oid
17:12 / 27.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish tenderida Xitoy kompaniyasi g‘olib bo‘ldi
15:54 / 25.05.2026
«HUMO VIZA» markazi rahbari va ish boshqaruvchisi qamoqqa olindi
11:20 / 25.05.2026
Maqsad pulni aylantirish(mi?) – samarqandcha "xorijda ish" sxemasidan odamlar jabrlanmoqda
11:33 / 16.05.2026