Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand sudi qirolning opasini bosh vazirlikka nomzod etib ko‘rsatgan partiyani tarqatib yuborishga qaror qildi
Foto: AP
Tailand Konstitutsion sudi qirol Maxa Vachiralongkornning opasi Ubol Ratanani bosh vazirlikka nomzod etib ko‘rsatgan Millatni himoya qilish partiyasini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Sud qarori bilan partiya rahbarlariga 10 yil davomida siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Shu bilan birga partiyaning sobiq bosh vazir Taksin Chinavat bilan aloqador bo‘lgan 214 nafar a'zosiga 24 martda bo‘ladigan saylovlarda qatnashish taqiqlandi.
Sudyalar hay'atining ta'kidlashicha, qirolning opasini bosh vazirlikka nomzod etib ko‘rsatish siyosiy ustunlikka erishish uchun qilingan.
23 yanvarda Tailand qiroli umumiy saylovlar o‘tkazish haqidagi farmonni imzolagandi. Saylovlar 24 martda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
11:03 / 19.03.2026