Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning reytingi oxirgi 13 yilda eng minimal darajaga tushib ketdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ishonch reytingi navbatdagi antirekordni yangiladi va oxirgi 13 yil ichidagi minimal ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bu haqda Butunrossiya jamoatchilik fikri markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.
Putinga fevral oxiri-mart boshida faqatgina 32 foiz rossiyaliklar ishonch bildirishgan. So‘rovnoma 18 yoshdan katta rossiyaliklar o‘rtasida telefon orqali o‘tkazilgan.
Bir oy avval Putinga ishonch bildiruvchilar 33 foizni tashkil qilgandi.
Ta'kidlanishicha, Putinning ishonch reytingi pasayishi uning Federal yig‘inga 20 fevraldagi murojaatidan keyin ham davom etgan.
Biroq past ko‘rsatkichlarga qaramay, Putin rossiyaliklar ishonch bildiradigan siyosatchilar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. 2- va 3-o‘rinlarni mudofaa va tashqi ishlar vazirlari Sergey Shoygu va Sergey Lavrov egallamoqda (mos ravishda 14,6 va 13,4 foiz). Bosh vazir Dmitriy Medvedevga 7,5 foiz so‘ralganlar ishonch bildirgan.
Reytingga muxolifatchi Aleksey Navalniy va teleboshlovchi Kseniya Sobchak ham kiritilgan. Ularga ishonch darajasi 1,3 va 0,1 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026