Jahon | 20:44 / 08.03.2019
3793
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning 16 davlatida 168 million yevrolik soxta dorilar musodara qilindi

Foto: Global Look Press

Yevropol umumiy qiymati 168 million yevro bo‘lgan soxta dori vositalari musodara qilingani haqida xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Fransiya politsiyasi, Finlyandiya bojxonachilari va salomatlik sohasidagi muassasalar hamkorlikda «Mismed 2» operatsiyasini o‘tkazgan.

Operatsiyada 16 davlat ishtirok etgan va 2018 yil aprelidan oktyabriga qadar davom etgan. Hammasi bo‘lib 1,8 tonna dori vositalari musodara qilingan. 435 kishi hibsga olingan, 24ta jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Yevropolning qayd etishicha, jinoyatchilar nafaqat opioidlar, balki onkologik, yurak-qon tomir kasalliklariga qarshi dorilar va doping vositalar tayyorlash bilan shug‘ullangan, deb xabar beradi TASS.

Mavzuga oid