Jamiyat | 18:10 / 09.03.2019
8391
1 daqiqa o‘qiladi

70 million so‘mlik telefonlarni yashirishga urinish naf bermadi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari tomonidan tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qonunbuzarliklariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda

Jumladan, “Seul-Toshkent” yo‘nalishi bilan uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro E.Sh.ning xatti-harakati bojxonachilarning e'tiborini tortdi. Natijada, uning yuklari xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Fuqaroning sumkasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va og‘zaki so‘rovda ma'lum qilinmagan qiymati taxminan 70 million so‘mlik 30 dona uyali telefonlar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid