Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro: AQShda Venesuelada elektr ta'minotini izdan chiqaruvchi texnologiyalar mavjud
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 9 martda AQShda Venesuelada elektr ta'minotini o‘chirib qo‘ya oluvchi texnologiyalar mavjudligini aytdi.
“Venesuela energetik sanoatiga imperiya (AQSh) texnologiyalari va qo‘g‘irchoq (Xuan Guaydo) yordamida putur yetkazildi. Biroq bizni bu bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi”, deb aytgan Maduro hukumat namoyishida.
Maduro energiya ta'minotini tiklash bo‘yicha ishlar davom etayotganini ma'lum qilgan. “Biz murakkab vaziyatdamiz, biroq bu sinovlarni yengish uchun astoydil ishlamoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Venesuela prezidenti.
7 martda poytaxt Karakas va Venesuelaning ko‘plab shtatlari elektr ta'minotisiz qolib ketgan. Gap mamlakatning deyarli butun hududi haqida bormoqda.
Hozirda Karakasning ba'zi tumanlarida elektr ta'minoti tiklangan. Ma'lum qilinishicha, voqeaga mamlakatdagi eng yirik GESda sabotaj amalga oshirilgani sabab bo‘lgan. Maduro bunda “Amerika imperializmi”ni ayblagan. Davlat departamenti esa bu ayblovlarni rad etgan.
Mavzuga oid
19:05 / 18.07.2026
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32 / 18.07.2026
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
10:05 / 18.07.2026
Venesueladagi seysmik ofat: qurbonlar soni 5 mingdan oshdi
22:21 / 17.07.2026