Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliga. «Dinamo» - «Nasaf» 1:1 - Fotojamlanma
Yangi start olgan O‘zbekiston Superligasining ilk turida Samarqandning «Dinamo» klubi Qarshining «Nasaf» futbol klubini qabul qildi.
Uchrashuv oldidan Samarqandda yangi futbol bahorining ochilish marosimi o‘tkazildi. Viloyat rahbarlari, taniqli futbol arboblari so‘zga chiqib futbolchilar va muxlislarni tabriklashdi.
O‘yin boshlanishidan avval, «Dinamo» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, iqtidorli futbolchi Sirojiddin Sayfiyevning xotirasiga bag‘ishlab 1 daqiqa sukut saqlandi.
O‘yin boshlandi. Mehmonlar futbolchisi Dilshod Saidovning 12-daqiqada kiritgan to‘piga dinamochilardan Amirjon Safarov 51-daqiqada javob qaytardi.
Uchrashuvning eng esga qolarli voqealaridan biri «Dinamo» darvozaboni Shohruxjon Eshbo‘tayevning jarohat olib, 62-daqiqada Botirali Ergashevga almashtirilgani bo‘ldi. 13 mingga yaqin muxlis kuzatgan o‘yinning so‘ngiga qadar Ergashevlar o‘z darvozalaridan boshqa to‘p olib chiqishmadi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Sizlarga mazkur o‘yinning e'tiborga molik lahzalaridan muxbirlarimiz tushirgan fotojamlanmani taqdim etamiz.

















Mavzuga oid
08:38 / 05.05.2026
Superligada jahon chempionati yakuniga qadar tanaffus e’lon qilindi
22:14 / 29.04.2026
Superliga. «Paxtakor» ochko yo‘qotdi, «Neftchi» yana peshqadam bo‘lib oldi
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
22:37 / 22.04.2026