Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailand janubida bir qator portlashlar sodir etildi
Tailand janubidagi Satxun va Pxattxalung viloyatlarida 9 va 10 mart kunlari 7 ta qo‘lbola bomba portlagan. Xavfsizlik kuchlari tomonidan shu viloyatlarda yana 7 ta bomba topilgan. Portlashlar oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Politsiyaning fikricha, bombalarni qo‘yish ortida qo‘shni viloyatlarda harakat qiluvchi ayirmachi jangarilar, siyosatchilar yoki jinoiy to‘dalar turgan bo‘lishi mumkin.
Satxun va Pxattxalung Tailandning tarkibiga Yalla, Narativat va Pattani viloyatlari kiruvchi “eng janubiy” hududiga kirmaydi. Bu hududda Tailand tarkibiga XX asr boshida kirgan Pattani yarim mustaqil sultonligi uchun muxtoriyatni talab qiluvchi ayirmachi musulmonlar jangovar guruhlari harakat qiladi. 2004 yildan boshlab hududda jangarilar va hukumat kuchlari o‘rtasida muntazam ravishda otishmalar va portlashlar sodir bo‘lib turadi, biroq qo‘shni viloyatlarga ayirmachilar faolligi tarqalmagan.
Ayni vaqtda Tailandda 2014 yildagi harbiy to‘ntaruvdan keyingi ilk parlament saylovlari bo‘yicha kampaniya o‘tmoqda. Bu saylovlar 24 martga belgilangan va portlashlar ehtimol ayirmachilar faolligi bilan emas, balki siyosiy maqsadlar bilan ham bog‘langan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, oxirgi oylarda politsiya va xavfsizlik kuchlari mamlakat janubida narkotrafik va odam savdosiga qarshi bir nechta muvaffaqiyatli operatsiyalar o‘tkazgan va portlashlar uyushgan jinoiy to‘dalarning harbiylar va politsiyadan o‘ch olishi bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
10:21 / 30.04.2026
Bedarak ketgan futbol jamoasi – g‘orda qamalib qolgan bolalar qanday qutqarilgandi?
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
12:05 / 20.04.2026