«Hilol-nashr» matbaa ijodiy uyida şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Tafsiri Hilol 30-juz» (Qur'oni karimning 30-porasi tafsiri) hamda «Usmon ibn Maz'un» jome masjidi imom-xatibi Işoqjon Muhammadjon öğli tomonidan yozilgan «Ta'lim va tarbiya» kitoblari taqdimoti bölib ötdi.


Islom.uz xabariga köra, tadbirda şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Tafsiri Hilol 30-juz» asarlari haqida söz bordi.
«Tafsiri Hilol» şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Qur'onni yetkazişdagi ulkan mehnati mahsuli bölsa, «Hadis va hayot» turkumi Sunnati nabaviyani yetkazişdagi fidokorona xizmati böldi.


«Tafsiri Hilol» mötabar tafsirlarning an'analariga sodiq qolgan holda, bugungi kun kitobxonining saviyasi, dunyoqaraşi va ehtiyojlarini ham hisobga olib yozilgan bölib, öquvçini Qur'oni karim ma'nolarining bitmas-tuganmas hikmatlariga oşno etadi.
Abdulloh Ğulomov, Kökça-Oqtepa jome masjidi imom xatibi:


– Zamonamiz ulamolarining e'tirof qilişlariça, «Tafsiri Hilol»ning yaratilişi xalqimizning ma'naviy hayotida, Vatanimizning tarixida ulkan voqea böldi. Avvalo, bu asar Movarounnahrda tafsir yoziş an'anasining qayta tiklanişi böldi. Qolaversa, bu asar davr taqozosi bilan ona tilimizda yozilgan ilk tafsirlardan biri böldi. Şuningdek, «Tafsiri Hilol» çop etilişi yurtimizda nafaqat tafsir ilmining, balki umuman diniy adabiyotning qayta tiklanişiga turtki böldi.
«Tafsiri Hilol 30-juz» asarining öziga xos jihati, muhim xususiyati uning muqaddimasidir. Uşbu muqaddimadan dinimiz Islom haqida, uning dasturi Qur'oni karim haqida komil va şomil ma'lumotlar örin olgan. Muqaddima öquvçini Qur'oni karim bilan taniştiradi, uni öqiş, anglaş va undagi ilohiy körsatmalarga amal qilişga undaydi. Şu bois, muallif Qur'on öqişni inson umridagi eng savobli, eng barakali va eng foydali faoliyatning ibtidosi, deb ataydi.














