Rustam Sa'diyev «Baron» filmi uchun muddatini o‘tayotgan narkobaronlar bilan uchrashganini aytdi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston kinosanoatida davlat buyurtmasiga binoan tarixiy, vatanparvarlik va xavfsizlik mavzusidagi filmlarning soni ko‘paymoqda. Kinosanoatning xususiy filmlar yo‘nalishida tanilgan bir qator rejissyorlar bugungi kunga kelib davlat buyurtmasiga binoan ham filmlar suratga olishmoqda.
Rejissyor Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «Baron» filmini ishlashdan oldin kechgan jarayon to‘g‘risida so‘zladi va maxsus xizmat vakillari uni narkobiznes vakillari bilan uchrashtirishganini aytib o‘tdi.
«Sotqin» filmi «Baron»ning birinchi qismi suratga olinishiga sabab bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. «Sotqin» filmi ommalashganidan keyin maxsus xizmatlarda ishlaydigan «ko‘rinmas soha» vakillarimiz – Mafkura bo‘limi mutaxassislari yana hamkorlikda ishlashni taklif qilishdi. «Baron» filmining asosiy g‘oyasi ular tomonidan ilgari surilgan.
«Baron» filmi men uchun ham kutilmagan kinoasar bo‘lgan. Moslashib olishim qiyin kechgan. Qamoqda muddatini o‘tayotgan haqiqiy narkobaronlar bilan ham uchrashtirib, ularning maqsadi, niyati va tabiatini o‘rganish uchun suhbatlashtirishgan.
Rustam Sa'diyev bilan suhbatning to‘liq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:16
-
Malayziya O‘zbekistonga 20 ming dollarlik ilmiy adabiyotlarni taqdim etdi
O‘zbekiston | 14:13
-
Trampga javob qaytargan Xominaiy, Xitoyning beg‘araz yordami va Isroilga ilk marta otilgan «Sijjil»– kun dayjesti
Jahon | 14:04
-
Magnum O‘zbekistonni tark etadi
O‘zbekiston | 13:53
Mavzuga oid

01:49 / 26.07.2020
O‘zbekistonda «Mehr» operatsiyalari haqida badiiy film suratga olinadi

22:14 / 10.04.2019
Farhod Mahmudov «Baron-2» haqida: Film yo‘nalishini boshqa tomonga burib yubordik

23:55 / 21.03.2019
«Sevgi iztirobi» serialidagi roli bilan tanilgan aktyor Kaan Urganjio‘g‘li O‘zbekistonga keldi

10:50 / 07.03.2019