Sönggi yillarda özbek kinoijodkorlari tomonidan işlanayotgan filmlarning budjeti haqida turli şov-şuvlar köpaymoqda. Dastlab 2016 yilda ekranga çiqqan «Baron» filmi tomoşabin tanqidi nişoniga olingan bölsa, ötgan yili Özbekiston Yoşlar ittifoqi tomonidan «Skorpion» filmiga sarflangan mablağ köplab gap-sözlarga sabab bölgandi.
Özbekistonda noaniq sabablarga köra filmlarning budjeti va tuşgan daromadning aniq miqdori e'lon qilinmaydi.
Taniqli özbek rejissyori Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda bu masalaga nisbatan öz munosabatini bildirib ötdi.

«Bizda kassani gapirmaslikka harakat qilişadi. Men öylaymanki, har bir filmning box-office (tuşum) ma'lumotlari oşkor qilinişi kerak. Bizda ham box-office bölsa, kinofilmlarimizga ham talab böladi. Kinolarimizni çet elda körişlari mumkin. Avvalo biz özimizga nisbatan şunday talabni qöya bilişimiz kerak», deydi rejissyor.
Rustam Sa'diyevning «Baron-2» filmiga xorijlik taniqli aktyorlar jalb etilmoqda. Uşbu filmga ham qança mablağ sarflanişi mumkinligi haqida özbek kinotomoşabinlari orasida turli şov-şuvlar tarqalgan. Rejissyorning aytişiça, film davlat buyurtmasi bölib, turli homiylar mablağlari hisobidan tasvirga olinmoqda.
Rustam Sa'diyev bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube











