O‘zbekiston | 11:20 / 11.03.2019
12350
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Efiopiya prezidenti va BMT bosh kotibiga ta'ziya bildirdi

Foto: AP

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10 mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj a'zolari va yo‘lovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok bo‘lgani munosabati bilan Efiopiya prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

10 mart kuni ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt shahri yaqinida halokatga uchradi. Samolyotda 157 kishi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 35ta davlat vakili bor.

BMT Yangiliklar markazi xabarida aytilishicha, BMT tizimidagi muassasalarning 19 nafar xodimi, jumladan, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Butunjahon oziq-ovqat dasturi, BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha boshqarmasi, BMT atrof-muhit dasturi va Jahon banki xodimlari laynerda bo‘lgan.

Bundan oldin, Xitoy Boeing 737 MAX’ni vaqtincha taqiqlashga qaror qilgandi.

Mavzuga oid