Efiopiya mamlakatdagi millionlab odamlarni elektr energiyasi bilan ta’minlaşga möljallangan Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyasini rasman oçdi. 9 sentabr, seşanba kuni Guba şahrida "Buyuk Efiopiya Uyğoniş davri töğoni" ("Uyğoniş" GES)ning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad, şuningdek, Somali, Jibuti va Keniya prezidentlari iştirok etdi.

Sudan çegarasi yaqinidagi Moviy Nil daryosida qiymati 5 milliard dollarlik GES qurilişi 2011 yilda boşlangan. Birinçi turbina 2022 yilda işga tuşirilgaç, töğonning quvvati asta-sekin ösib bordi va rasmiy oçiliş arafasida maksimal quvvati 5150 megavattga yetdi. Bu uni dunyodagi 20 ta eng yirik GESdan biriga aylantiradi, deya qayd etadi Reuters.

Foto: Luis Tato/AFP

«Buyuk Efiopiya Uyğoniş davri töğoni» qariyb 120 million aholiga ega bölgan mamlakatning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini töliq qoplaşga möljallangan bölib, qolgan qismi qöşni davlatlarga eksport qilinadi. Boş vazir Abiy Ahmad 14 yillik loyihaning yakunlanişini «tarixiy yutuq», GESni esa butun Afrika uçun «umumiy imkoniyat» deb atadi.