Xitoy aviakompaniyalari Afrikada halokatga uçragan laynerga öxşaş bölgan Boeing 737 MAX samolyotlaridan foydalanişni töxtatadi. Bu mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasi körsatmasiga köra amalga oşiriladi, deb xabar bermoqda Reuters Xitoyning Caijing naşriga tayangan holda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Xitoy kompaniyalari tomonidan qariyb 60ta şunday samolyot işlatiladi. «Interfaks» xabariga qaraganda, ularning örniga Boeing 737-800’dan foydalaniş tavsiya etilmoqda. Boeing kompaniyasi vaziyatga izoh bermadi.

10 mart kuni ertalab Boeing 737 samolyoti Efiopiyaning Debre-Zeyt şahri yaqinida halokatga uçradi. Samolyotda 157 kişi bölgan. Halok bölganlar orasida 35ta davlat vakili bor.

Foto: Michael Tewelde | AFP | Getty Images

Şunga öxşaş yana bir avialayner 2018 yil Indoneziyada halokatga uçragan. Samolyot parvoz qilganidan 13 daqiqa ötib qulagan, 189 kişi halok bölgan.

Boeing 737 MAX - Boeing 737 samolyotlarining törtinçi, eng yangi avlodi. Uşbu seriyadagi samolyotlardan foydalaniş 2017 yilda boşlangan. 737 MAX 8 varianti Boeing tarixidagi eng köp sotiluvçi layner sanaladi.

Boeing Efiopiyadagi aviahalokat sababli yangi samolyoti taqdimotini bekor qildi