Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havoning ifloslanishi Yevropada har yili 800 mingdan ko‘proq kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda
Har yili 800 mingdan ko‘proq yevropalik havo ifloslanishidan vafot etmoqda. Bunday xulosaga nemis olimlari o‘z tadqiqotlaridan keyin kelishgan.
Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, sifatsiz havo sababli yuz bergan o‘limlar soni avvalgi baholashlarga qaraganda 2 marta oshgan. Dunyoda iflos havodan har yili 8,8 mlnga yaqin odam halok bo‘ladi. Bu borada eng xavotirli vaziyat Yevropa Ittifoqida kuzatilmoqda. Tadqiqotda ta'kidlanishicha, Yevropa davlatlarida umr ko‘rishning o‘rtacha davomiyligi 2 yilga qisqargan.
“Bu havoning ifloslanishidan har yili tamaki chekishdan ko‘proq odam o‘lishini anglatadi. Chekishning salbiy ta'siridan qutulib qolish mumkin, biroq atrof-muhit ifloslanishining oldini olib bo‘lmaydi”, deb aytgan Mayns universiteti professori Tomas Myunsel. Mutaxassislar buning asosiy sababi sifatida zaharli havo o‘pkaga shikast yetkazib, yurak-tomir kasalliklari paydo bo‘lishiga olib kelishini aytishmoqda.
“Havoni ifloslantiruvchi zarralarning aksariyati atmosferaga qazilma yonilg‘i turlarining yoqilishi oqibatida tushgani sababli, biz darhol energiyaning boshqa manbalariga o‘tishimiz lozim”, deb aytgan professor Yos Leliveld. “Biz sof, tiklanuvchi energiyani qo‘llaganimizda nafaqat iqlim bo‘yicha Parij kelishuvini bajaramiz, balki havoni ifloslantiruvchi moddalardan o‘limlarning kamayishi imkoniyatini 55 foizgacha oshiramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan olim.
Mavzuga oid
09:44
Anqarada NATO sammiti: Ukraina va Yevropa xavfsizligi kun tartibida
10:00 / 06.07.2026
Kuchli issiq Yevropada o‘rmon yong‘inlarini kuchaytirdi
08:15 / 02.07.2026
Sun’iy yo‘ldosh Yevropadagi rekord issiqni koinotdan tasvirga oldi
17:18 / 28.06.2026