Jamiyat | 21:35 / 12.03.2019
7289
3 daqiqa o‘qiladi

Muruvvatli insonlarning ko‘magi bilan Elzara Janubiy Koreyaga uchib ketdi. Befarq bo‘lmaganlar uchun oila tashakkuri

Inson boshiga kelgan mashaqqatlar nafaqat o‘zi uchun, balki atrofidagi insonlarning tortayotgan azoblari ham sinovdir. Xalqimiz o‘z saxovatpeshaligi va oqibati bilan shunday sinovlardan o‘tib bormoqda, bizningcha. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning oxirlarida og‘ir xastalikka uchragan jajji Elzara haqida aytib o‘tgan edik. Ushbu qizaloq uchun shu davr oralig‘ida operatsiyasiga yetarli mablag‘ yig‘ildi. Biz Janubiy Koreyaga kuzatish uchun aeroportda ushbu oila bilan uchrashdik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Men bu mablag‘larni yig‘ishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirishni xohlardim. Mehringizni, qo‘ldan kelgan yordamingizni ayamaganingiz uchun katta rahmat. Bugun Janubiy Koreyaga uchib ketyapmiz. Dushanba kuni tekshiruvlar o‘tkaziladi. Bizning qizimiz Elzaraning hayoti uchun pul mablag‘larini yig‘ishda ishtirok etganlarga katta rahmat. Shuni ham iltimos qilar edimki, biz uchun duo qilinglar. Xalq jipsligi bilan har qanday ish amalga oshishining guvohi bo‘ldik.  Hammaga katta rahmat» deydi Elzaraning onasi.

Bemor onasining so‘zlarini tinglash barobarida oilaning ushbu kunlargacha yetib kelishiga o‘zining hissasini qo‘shgan   ...dan ham ikki og‘iz fikrini so‘radik.

«Men Elzaraning taqdiriga befarq bo‘lmay ishtirok etgan barcha insonlarga o‘z minnatdorchiligimni izhor etishni juda ham xohlardim. Mening fikrimcha, xayrli ishlar doimo o‘z samarasini beradi. Chunki, mehrli insonlar juda ko‘p. Xalqning jipsligi, insonlarning jipsligi, boshqa odamlarning dardini his qila oladigan insonlar jipsligi doimo mavjud. Bizning xalqda o‘zganing bolasi degan tushuncha yo‘q. Elzaraning operatsiyasi uchun mablag‘ yig‘ishga o‘z yordamlarini ayamagan insonlarga kattakon rahmat deb qolaman. Qizalog‘imiz bag‘rimizga sog‘ holda qaytib kelsin va uzoq, baxtli hayot kechirsin. Hammaga yana bir bor katta rahmat» deydi oilaning do‘sti.

Ular qatori biz ham madad bergan barcha muruvvatli insonlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kichik summa bo‘lmagan mablag‘larni yig‘ishda har biringiz faol bo‘ldingiz. Qilgan ehson amallaringiz qabul bo‘lsin.

Bahodir Ahmedov tayyorladi

Mavzuga oid