Xorxe Fosatti: «Men ham jamoamni «Paxtakor» kabi shakllantirishim kerak»
OChLning 2-turi doirasida «Paxtakor» - «Al Ahli» o‘yinidan (1:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Uning birinchi qismida saudiyaliklar bosh murabbiyi Xorxe Fosatti qatnashdi.
«Hammaga xayrli kech. Kecha aytganimdek qiyin o‘yin bo‘ldi. «Paxtakor» mavsumni endi boshladi, adashmasam bu ularning mavsumdagi 4-o‘yini bo‘ldi. Biz esa oxirgi bir oyning ichida 8 ta o‘yinda qatnashdik. Bu o‘yinimizga ta'sir qildi.
«Paxtakor» krosslar asosida o‘ynashini bilib bu borada ko‘rsatma bergandim. Men butun o‘yinni nazorat qilishni xohlagandim. Birinchi bo‘limning boshini xohlaganimizdek nazorat qila oldik. Men jamoaga kelganimga bir oycha vaqt bo‘ldi. Kelganimdan buyon mashg‘ulot o‘tkazish uchun vaqtimiz kam bo‘lyapti. Shu sabab ba'zi jihatlarda o‘zgarish qilishim kerak. Bugun «Paxtakor» haqli tarzda g‘alaba qozondi deb o‘ylayman.
Darvozabon nega bolboylarga to‘pni tepib yuborganini ko‘rmadim, lekin nima bo‘lsa ham yaxshi ish bo‘lmadi.
«Paxtakor»ning o‘yinlarini ko‘rdim. Jamoa ancha tartibli o‘yin ko‘rsatmoqda. Ularning barcha chiziqlari yaxshi shakllangan. Men ham jamoamni shunday shakllantirishim kerak, lekin bunga hozircha vaqt bo‘lgani yo‘q», Fosattining so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
19:04 / 01.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkaziladi
12:13 / 17.06.2024