Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela hukumatini mamlakatni tark etishga chaqirdi
AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliott Abrams ma'lum qilishicha, Vashington Venesuela hukumatining ba'zi a'zolari respublikani tark etishini xohlaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela hukumatining bir qator vakillari mamlakatni siyosiy o‘tish davri shartlaridan biri sifatida tark etishi kerak.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh boshqa davlatlar bilan Venesuela hukumati a'zolari uchun boshpana taqdim etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Abramsning qayd etishicha, venesuelalik siyosatchilardan hozircha hech biri respublikani tark etishga rozilik bermagan.
Bundan oldin, muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Venesuelaga ikki mamlakat yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026