Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning ichki ishlar xodimlarini rag‘batlantirishga oid ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritildi
Foto: KUN.UZ
Hukumatning ichki ishlar organlari xodimlarini rag‘batlantirishga doir ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (207-son, 11.03.2019 y.). Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining 45 foizi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Ilgari bu qiymat jarimalarning 55 foizini tashkil etgan.
Jarimalar summasining 10 foizi esa Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Qonunchilikka muvofiq, qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari va tezkor xodimlardan lavozim maoshining 50 foizgacha jarima solinadi.
Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mazkur jarima mablag‘lari Ichki ishlar vazirligi ixtiyorida qoldirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026