Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armiyadagi 2 yil o‘rniga 2 yillik qamoq: Dushanbeda harbiy xizmatdan bosh tortgan yigit qamaldi
Dushanbe garnizoni harbiy sudi o‘tgan yilning 27 oktabr kuni Tojikiston Qurolli kuchlari safiga chaqirilgan, Dushanbe shahrida yashovchi Sharifbek Zulfiqorovni ikki yilga ozodlikdan mahrum etdi.
O‘shanda harbiy-tibbiy komissiya uni xizmatga yaroqli deb topdi, deya ta'kidlashgan sudda. Biroq, tibbiy komissiyasidan o‘tgandan so‘ng, Zulfiqorov milliy armiya safida xizmat qilishdan qat'iy bosh tortdi.
«Shunga qaramay, u keyinchalik xizmat qilish uchun poytaxtdagi harbiy qismlardan biriga yuborildi, ammo xizmat joyiga kelganidan so‘ng, agar harbiy xizmatdan ozod etishmasa, o‘z joniga qasd qilishi haqida aytgan va harbiy xizmatni o‘tashdan qat'iy ravishda bosh tortgan», - deya xabar berdi «AP» Dushanbe garnizoni harbiy sudidagi manbaga asosan.
Tojikiston Jinoyat kodeksining 376-moddasi (harbiy xizmatdan o‘ziga o‘zi zarar yetkazish yoki boshqa usul orqali bo‘yin tovlash) bo‘yicha unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Sud qaroriga ko‘ra, u ikki yilga ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.
Mavzuga oid
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
08:03 / 16.05.2026