Ukraina Qurolli kuçlarida harbiy xizmatni taşkil etiş tizimi tubdan özgarişi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy 12 iyun kuni qilgan murojaatida ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, endi armiyada aniq muddatlarga möljallangan uç turdagi kontraktlar amal qiladi. Kontraktlar 10 oy, 14 oy yoki 24 oy muddatga tuziladi hamda ularning tugaş şartlari oldindan belgilab qöyiladi.
Zelenskiy harbiy xizmatçilarning moddiy ta’minoti ham oşirilişini bildirdi. Yangi tizimga köra, frontdan uzoq hududlarda xizmat qilayotgan harbiylar kamida 30 ming grivna (taxminan 580 yevro) maoş oladi.
Jang çiziğining birinçi safiga jalb qilingan harbiy xizmatçilarning oylik daromadi örtaça 300 ming grivnaga (qariyb 5800 yevro) yetkaziladi. Şuningdek, jangovar bölinmalar qömondonlari uçun ham qöşimça tölovlar joriy etiladi.
Prezidentning aytişiça, Ukraina hukumati yangi tölov mexanizmlarini iyun oyining özida işga tuşirişi kerak.
Piyoda askarlar uçun rekord darajadagi maoş
Zelenskiy e’lon qilgan alohida videomurojaatda islohotlarning tafsilotlari keltirildi.
Unga köra, Ukraina piyoda qöşinlari dunyodagi eng yuqori haq tölanadigan jangovar mutaxassislardan biriga aylanişi mumkin. Eng yuqori maoş miqdori 460 ming grivnaga (taxminan 8900 yevro) yetişi kutilmoqda.
Bu mablağ tarkibiga 20 ming grivna bazaviy ta’minot, har bir jangovar navbatçilik kuni uçun 10 ming grivna, qidiruv-zarba operatsiyalari uçun 20 ming grivna va hujum harakatlari uçun 40 ming grivnadan tölovlar kiradi.
Yangi tizimda qöşimça tölovlardan nafaqat kontrakt asosida xizmat qilayotganlar, balki safarbarlik orqali çaqirilgan harbiylar ham foydalanişi mumkin.
Xorijliklar uçun rekruting kengaytiriladi
Islohotlar doirasida Ukraina armiyasiga xorijliklarni jalb qiliş tizimini ham kengaytiriş rejalaştirilgan.
Zelenskiyning bildirişiça, kelgusida hujumkor va piyoda bölinmalarining yarmidan köproğini xorijiy legionerlar taşkil etişi maqsad qilingan. Bu jarayonda xususiy rekruting kompaniyalari xorijlik köngillilarni tanlab, Ukrainaga yuboriş bilan şuğullanadi.














