​Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tergov qömitasi vakolatini kengaytirişni taklif qilmoqda: mamlakatdagi eng katta tergov organiga barça turdagi –molekulyar-genetikdan daktiloskopik tekşiruvgaça bölgan –ekspertizani ötkaziş huquqi berilişi mumkin. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining özi qonunga özgartiş taşabbusini körsatib, taklif etilayotgan loyiha parlamentga kiritildi. Agar prezidentning özi qonunçilik taşabbusini bildirgani inobatga olinsa, parlament bu masalada ikkilanib ötirmay, yakdil qarorga kelişini taxmin qiliş mumkin.

2011 yili taşkil etilgan mustaqil Tergov qömitasi (TQ) prokuratura organlari tarkibida şakllangan bölib, jinoyat işlari va oğir ijtimoiy qilmişlarni tergov qiliş bilan şuğullanadi.

Paydo bölgandan buyon TQga rahbarlik qilayotgan Aleksandr Bastirkin va Boş prokuror Yuriy Çayka örtasida xufiyona kuraş boşlangan.

Putin taşabbusiga sabab bölgan töqnaşuv haqida bir oğiz: Rossiya Boş prokurori ötgan yili TQ jinoiy işlar böyiça sud ekspertizasini ötkaziş huquqiga ega emasligi, uning huzuridagi Kriminalistika masalalari markazi xodimlari tibbiyot mutaxassislari emasligini qat'iy eslatgandi.

Prezident bu masalada Bastirkin tomonida turib, qöl silkitayotgan bölsa, ötgan yili tarqagan gaplar öz tasdiğini topmagani oydinlaşadi. Masalan, prezidentlik saylovidan oldin Rossiyada Federal tergov xizmati paydo bölişi, TQ faoliyatiga nuqta qöyilişi bildirilgandi. Boşqa manbaga köra, qömita Boş prokuratura töliq nazoratiga qaytişi mumkin edi.

Miş-mişlar şunçalik aniq mazmunga ega bölgandiki, RIA qömita rahbari lavozimida işlayotgan Bastirkinning RF Konstitutsion sudi Valeriy Zorkin örnini egallaşi haqida yozgandi.

TQ faoliyatining közga köringan eng maşhur tanqidçisi —​ Boş prokuror Çaykani Federatsiya Kengaşi raisi Valentina Matviyenko qöllab-quvvatlagandi. U ayni qömita tugatilişi haqida miş-mişlar tarqaganda prokuratura organlari nazorati kuçaytirilişi haqida qonun loyihasi tayyorlanayotgani aytgan.

«Barça senatorlar tergov ustidan nazoratning prokuraturaga qaytarilişini ma'qullamoqda», —​ deb fikr bildirgandi u. 

Bastirkinning yaqin şerigi, Tergov qömitasi Moskva boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan Aleksandr Drimanov işi ham miş-mişlarga kuç bergandi. Gap şundaki, sobiq rahbar kriminal avtoritetlardan pora olganlikda ayblanib qölga olingandi. Bu payt Bastirkinning özi ta'tilda edi, köpçilik uning ta'tildan işxonaga qaytmasligini başorat qildi.

Drimanov qölga olinişi yana 3 oyga çözildi. Boş prokuratura esa nazoratning kuçayişi böyiça qonun loyihasini haligaça Duma tasdiğidan ötkazolmadi. Uni prezident emas, KPRF vakillari parlamentga kiritdi.

2018 yilda Rossiya Içki işlar vazirligi ham tugatilişi mumkin edi. Uning örnida, Federal xavfsizlik xizmatini qayta taşkil etiş orqali, yagona Davlat xavfsizligi vazirligi tuzilişi taklif etilgandi. Uning paydo bölişi şarofati bilan Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakolatlari qirqilişi kutilgandi. Bu islohotlarning birontasi ham bölmadi. Prezident ommaviy nutqlarida esa biznesga bosim ötkazmaslik çaqirişi bilan çeklanmoqda.​

Ötgan yilgi prezidentlik saylovlari mamlakatda huquq-tartibot organlari faoliyatini isloh etiş uçun eng qulay payt bölgandi. Prezident buni amalga oşirişga şoşilmadi. Kreml özi uçun past samara berayotgan barqarorlik saqlanib qolinişini ma'qul kördi. Öylaymanki, ekspertiza faoliyatini Tergov qömitasi ixtiyoriga topşiriş ham şu barqarorlik kafolatlaridan biri sanaladi, ammo jamiyat va davlat ziyoni uçun xizmat qiladi.

Özbekistonda esa sud ekspertizasi faoliyatini muvofiqlaştiriş Adliya vazirligi vakolatiga kiradi. Vazirlik rahbari Ruslan Davletov bu haqda quyidagi fikrni bildirgandi:

«Adliya vazirligi tergov va sud jarayonlarida manfaatdor tomon emas. Qolaversa, biz huquq amaliyotining qöllanişi ustidan monitoring olib boramiz. Demak, sud ekspertizasi Adliya vakolatida qolişi fuqarolik jamiyati qurmoqçi bölgan demokratik davlat tuzilmasida tenglikni ta'minlaşdagi eng oqilona yeçim böla oladi. Vazirlik timsoli Femida ham bejiz tanlanmagan».

Özbekistonda tergov işi ham boşqaça taşkil etiladi. Jinoyat protsessual kodeksining 345-moddasida ta'kidlanganidek, jinoyat işining tergovga tegişliligi​ belgilangan. Bunda dastlabki tergov prokuratura organlari, harbiy prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati, içki işlar organlarining tergovçilari tomonidan olib borilişi nazarda tutilgan jinoyatlar farqlantirilgan.