Jamiyat | 12:59 / 16.03.2019
14244
1 daqiqa o‘qiladi

Chinozda erkak kishining jasadi topildi. U tanishi tomonidan do‘pposlangan

2019 yil 15 mart kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani Rasulobod mahallasida yashagan 49 yoshli R.G‘.ning jasadi uyidan tan jarohatlari bilan topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 14 mart kuni R.G‘. uyida tanishi, Rasulobod mahallasi Do‘stlik ko‘chasida yashovchi M.Sh. bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

Qayd etilishicha, o‘zaro janjal oqibatida M.Sh. uning tanasi turli joylariga urib-tepib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid