Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Rossiya rasmiy vakillari Venesuela masalasida uchrashadi
AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams va Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov 19 mart kuni Rimda uchrashadi. Tomonlar aynan Venesuela masalasini muhokama etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda TASS.
kollaj Foto: Reuters, RIA Novosti
«Bu rejalashtirilgan uchrashuv bo‘lib, tasodifan paydo bo‘lmadi», — deya diplomat so‘zlarini keltirgan TASS.
Agentlik xabariga ko‘ra, Ryabkov Karakas ishida AQShning mamlakat ichki ishlariga harbiy yo‘l bilan aralashuvi hamda legitim hokimiyatni ag‘darishga yo‘l ochuvchi har qanday noqonuniy harakatdan qaytarishga bel bog‘lagani aytilmoqda.
Venesuelaning Meganalisis kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, Bolivar Respublikasida 88,9 foiz aholi Nikolas Maduroni prezidentlikdan ketishini istaydi.
So‘rovnoma respondentlarining 63,3 foizi Xuan Guaydoni mamlakat yetakchisi sifatida ko‘rayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
08:55 / 07.07.2026
Venesueladagi ofat: qurbonlar soni ortib bormoqda
23:13 / 06.07.2026