Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi markaziy kengaşi raisi Sarvar Otamurodov sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar xususida bildirilgan fikrlar va boşqa muammolarga munosabat bildirdi.
«Ikki kun avval men kördim, «Siyosiy partiyalar nima iş qilayapti, nimani hal qilişdi?», «Umuman partiyalar nima kerak özi?» kabi savollarni. Tan oliş kerak, sönggi ikki yil içida hayot umuman özgarib ketdi. Oçiğini aytaman, oldinlari siyosiy partiyalarni heç kim tan olmasdi, tuzuk gaplaşmasdi. Hozir esa haftasiga kamida 2-3ta muammo, masalalar kötarilgan xat vazirlik, idoralarga ketyapti. Lekin bizning bitta muammomiz bor: tarğibot-taşviqotimiz juda böş, sust», – deya partiya rahbarining sözlarini keltirmoqda ÖzA.
Otamuradovning fikriça, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar saviyasi, kadrlar salohiyati borasida ham ayrim muammolar bor.
«Ötgan yili biz respublika böyiça ma'daniy meros obektlarini inventarizatsiya qildik. Aslida bu işni Madaniyat vazirligi qilişi kerak edi. Ular budjetdan bu iş uçun pul oladi, ammo qilmagan. Vazirlik qayerda nima joylaşganini ham yaxşi bilmaydi, madaniy meros obektlari joylaşuvi böyiça bergan ma'lumotlarining 30-40 foizi notöğri, obektlarning ba'zilari buzilib ketgan. Vazirlik ma'lumotiga qarasak, respublikada taxminan 7480ta obekt bor, aslida ular 6975ta. Qolganlari-çi? Yöq, joyi tep-tekis, asfalt yotqizilgan yoki umuman buzilib ketgan. Bundan taşqari, 370ta yangi madaniy obektni aniqladik. Bu yil hukumatga masala qöydik, bu işlar uçun avval ajratilayotgan 50 milliard söm mablağni 67 milliardga çiqardik. Mahalliy budjet xarajatlaridan ortgan pulning bir qismini mazkur muammolarni hal etişga yönaltiriş böyiça qaror qabul qildik», – degan Otamurodov.
Uning ta'kidlaşiça, ba'zi madaniy meros obektlarining kadastr hujjati yöq, davlat muhofazasiga olinmagan. Misol uçun, Surxondaryo viloyatida joylaşgan XVI asrda qurilgan qadimiy Abdulazizxon madrasasini omborxona qilib qöyişgan.
«Partiyamiz vakilari bilan bu hududni topib, örganib, rasmlar, xulosalarni Madaniyat vazirligiga topşirdik, hozirda bu borada işlar olib borilmoqda. Yil oxirigaça bu muammo hal etilişi kerak», – deydi u.
Otamurodovning sözlariga qaraganda, Xalq ta'lim vazirligi faoliyatida ham qator kamçiliklar bor. «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi vakillari Sirdaryo, Samarqand, Farğona, Toşkent viloyatlaridagi tarbiyasi oğir bolalar uçun möljallangan 4ta maxsus maktabga borib vaziyatni örgangan:











