Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Valtteri Bottas “Formula-1”ning yangi mavsumidagi ilk g‘olibi bo‘ldi
“Mersedes” jamoasining finlyandiyalik poygachisi Valtteri Bottas “Formula-1” poygasining yangi mavsumdagi ilk poygasi – Melburnda o‘tgan Avstraliya gran-prisida g‘olib bo‘ldi.
Bottas a'lo darajada start olib, poyga boshidanoq amaldagi chempion Lyuis Xemiltondan ancha o‘zib ketib, poyga oxirigacha yetakchilikni saqlab qolgan.
Bottas poygadagi eng tez o‘tilgan aylana uchun qo‘shimcha ochkolar oldi va bir poygada 26 ochko to‘play olgan tarixdagi ilk poygachi bo‘ldi.
2-o‘rinni egallagan Xemilton oxirgi 6 mavsumdan beri Melburndagi poygada poulni yutib keladi, ammo bor-yo‘g‘i bir marta poyga g‘olibi bo‘lgan. Bu gal ham chempionning ushbu trassada omadi chopmadi.
Marraga uchinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen yetib kelgan.
Poyganing 2-bosqichi 29-31 mart kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026