Jahon | 23:23 / 19.03.2019
11865
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya mudofaa vaziri Shoygu Damashqda Bashar Asad bilan uchrashdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 19 mart kuni Suriyaga amaliy tashrif bilan keldi. 

Ta'kidlanishicha, Shoygu Suriyaga Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan kelgan. Rossiya mudofaa vaziri Damashqda Suriya prezidenti Bashar Asad bilan muzokaralar o‘tkazgan. U, shuningdek, Putindan Asadga noma topshirgan.

Tomonlar muzokaralar vaqtida Suriyada xalqaro terrorchilikka qarshi kurash hamda mintaqada xavfsizlikni ta'minlash masalasini ko‘tarishgan. Bundan tashqari, qochqinlarning Suriyaga qaytishi va suriyaliklarga gumanitar yordam ko‘rsatish muhokama qilingan.

Shoygu muzokaralar vaqtida Suriyada jangarilarga qarshi kurashda yutuqlarga erishilganini ta'kidlab o‘tgan. Biroq uning aytishicha, Suriyada osoyishta hayotning tiklanishidagi muvaffaqiyatlar hammani ham qoniqtirmayapti. “G‘arb davlatlari Suriyadagi har qanday ijobiy o‘zgarishlarni yo‘qqa chiqarishga urinmoqda va inqirozga chek qo‘yishda yangi to‘siqlar yaratmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya vakili. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid