Rossiya mudofaa vazirining sobiq birinçi örinbosari Ruslan Tsalikov budjet mablağlarini talon-toroj qilgan jinoiy uyuşma tuziş işi böyiça qölga olindi. U Mudofaa vazirligi sobiq rahbari Sergey Şoyguning 2024 yil bahoridan beri tergovga tortilgan törtinçi örinbosari böldi.
Rossiya Tergov qömitasi Tsalikov talon-toroj qiliş va pul yuviş böyiça 12 ta, şuningdek, pora oliş böyiça ikkita epizodda gumonlanuvçiga aylanganini ma’lum qilgan.
Tergov versiyasiga köra, Tsalikov jinoiy uyuşma tuzgan, uning a’zolari 2017–2024 yillarda budjet mablağlarini öğirlab, ularni «yuviş» bilan şuğullangan.
Bu davrda Sergey Şoyguning uzoq yillik safdoşlaridan biri bölgan Tsalikov mudofaa vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlagan hamda idoraning media va PR-faoliyatiga mas’ul bölgan.
«Kommersant» manbalariga köra, gap armiya uçun aşyoviy mulklarni «Voyentorg» kompaniyasi orqali oşirilgan narxlarda yetkazib beriş haqida ketmoqda.
Tergov versiyasiga köra, noqonuniy daromadlar keyin köçmas mulklarga pul sarmoya kiritiş orqali legallaştirilgan, davlatga yetkazilgan jami zarar miqdori taxminan 6,6 mlrd rublga baholanmoqda.
Tergovçilar taxminiga köra, Tsalikov porani 2019 va 2020 yillarda RF mudofaa vazirligi uçun tadqiqot va qidiruv işlarini olib boriş bilan şuğullangan kompaniyalardan olgan.
«Kommersant» manbasiga köra, Tsalikov aybiga iqror bölmagan, ammo haqiqat yuzaga çiqişi uçun kuçişlatar idoralar bilan hamkorlikka tayyorligini bildirgan.
Mudofaa vazirligida rahbariyat almaşinuvi Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan taxminan ikki yil ötib röy bergandi.
2024 yil iyunida, Andrey Belousov yangi mudofaa vaziri etib tayinlanganida, Tsalikov Şoyguning boşqa örinbosarlari bilan birgalikda vazirlikni tark etgandi.
2024 yil sentabrida Tsalikov Tiva parlamenti deputatiga aylanadi – bu Şoygu tuğilgan regiondir. U uşbu respublikadan senator bölişi kutilgandi, ammo yakunda uning nomzodi ilgari surilmay qoldi.
Şoygu mudofaa vazirligidan ketganidan keyin bir qança yuqori martabali mulozimlar, jumladan, uning ikki örinbosari Pavel Popov va Dmitriy Bulgakov hibsga olindi. Şoyguning yana bir örinbosari, Timur Ivanov uning iste’fosidan uç hafta oldin tergovga jalb etilgandi.


















