Samarqand shahar sudining ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan xodimiga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi arxiv mudiri S.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sudda aniqlanishicha, S.Sh. 2018 yil 16 noyabr kuni fuqaro B.B. tanishlari Z.N. va E.X. o‘rtasidagi qonuniy nikohni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi orqali bekor qilib berishda yordam so‘ragan. Sud xodimi da'vo arizasi topshirilishi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari (405.460 so‘m) miqdorida davlat boji bank kassasi orqali topshirishi lozim bo‘lsa-da, B.B aldab undan 600.000 so‘mni shu kuni olib, sudning hisob raqamiga topshirmasdan, o‘zining shaxsiy manfaatlari uchun ishlatib yuborgan.
Oradan bir necha kun o‘tib, sud xodimi S.Sh. o‘zining noqonuniy qilmishini davom ettirib, fuqaro B.B.ning ishonchini suiiste'mol qilib, qonunga xilofligini bila turib, Z.N. va E.X. o‘rtasidagi qonuniy nikohini fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi orqali 1000 AQSh dollari evaziga bekor qilish haqida qonuniy hal qiluv qaror chiqarishni va'da qiladi.
2018 yil 22 noyabr kuni soat 10:30da o‘zi mehnat faoliyatini yuritib kelgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi binosida joylashgan xizmat xonasida 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida, jinoyat ustida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudya A.Oltiboyev raisligida o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi S.Sh.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28-, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil muayyan huquqdan — ya'ni, sud tizimi va boshqa muassasalarda moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi
Jahon | 23:00
-
25 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
-
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
Jahon | 22:19
-
“Istanbul cho‘ksa, butun Turkiya cho‘kadi” – zilziladan keyin istanbulliklar ko‘chalarda tunadi
Jahon | 21:49
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

10:29
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi

12:36 / 24.04.2025