Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning umr yöldoşi Hanifa Mustafoyeva ÖzA’ga turmuş örtoğining sönggi yillari haqida gapirib berdi.

«Abdulla akaning oxirgi yetti yilda köngliga ozgina yoruğlik kirgan bölsa, bu Şavkat aka tufayli böldi (Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev - tah.). Hamma, hattoki şogirdlari ham yuz ögirib ketdi. Şunday davr keldiki, ular eşikning yonidan ötişsa ham, uyga kirişmasdi. Uyuşmaga qönğiroq qilganida, u yerdagilar kötarmasdi. Hattoki, poliklinikaga qönğiroq qilsa, u yerdagi vraç telefonni kötarmas edi. Anavi çol telefon qilyapti, deyişar ekan», - deydi u.

76 yoşli Abdulla Oripov ölimidan oldin sönggi ikki oy davomida AQŞning Texas ştatida qizi Mavluda Oripovaning uyida mehmonda bölgan.

Şoirning xotini ma'lum qilişiça, öşa vaqtda faqatgina Şavkat Mirziyoyev Oripovga yordam körsatgan.

«Şavkat aka şu yetti yil davomida Navröz va yangi yilni nişonlaş vaqtida uni yöqlab turdi. Men Şavkat akani Mirzo Uluğbek tumani hokimi bölib işlayotganida birinçi marta körgandim. Keyin Jizzaxda işladi, Samarqandda hokim böldi. Lekin hamma vaqt Abdulla aka bilan doimiy aloqada bölar edilar. Nima iş qilsalar ham çaqirardilar. Abdulla aka bir oyda beş-olti marta borib kelardilar. Agar oxirgi vaqtda Abdulla akaning qalbiga jinday nur kirgan bölsa, bu şu odam tufayli böldi», - deya ta'kidlab ötdi Hanifa Mustafoyeva.

Şuningdek, u Birinçi Prezident Islom Karimov va şoir Abdulla Oripovning munosabatlari haqida gapirib berdi.

«Men tirik guvohmanki, Abdulla aka umrining oxirigaça Birinçi Prezident haqida yomon fikrga ham bormadi, yomon körmadi ham şu odamni. Buni uning atrofidagilar qilyapti, bu menga emas, prezidentning öziga qilingan narsa, deb hisoblardilar. Xafa bölmas edilar heç qaçon. Lekin yetti yil içidagi iztiroblarini men heç ham hazm qila olmayman. Abdulla akaning butun umri bir böldi, şu oxirgi yetti yilda uyda ötirgani bir böldi», - dedi u.